MDH davlatlarining terrorizmga qarşi kuraş tuzilmalari rahbarlari Moskva viloyatining Odintsovo şahrida global terrorizm tahdidi yuzaga kelişi şaroitida birgalikdagi faoliyat yönalişlarini muvofiqlaştiriş uçun yiğilişadi, deya xabar berdi MDH terrorizmga qarşi kuraş markazi matbuot-byurosi.
MDH davlatlarining xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari, ustav organlari va hamdöstlikdagi şu soha böyiça hamkorlik organlari, xalqaro taşkilotlar, Rossiyaning qator idoralari vakillari iştirok etişi rejalaştirilgan.
"MDH TQM Moskva oblastidagi Odintsovoda MDHga a'zo davlatlar terrorizmga qarşi milliy markazlari rahbarlarining “MDH iştirokçi davlatlarining terrorizmga qarşi kuraş sohasida vakolatli organlari örtasidagi hamkorlikning dolzarb yönalişlari” mavzusida XI-kengaşini ötkazadi”, - deyiladi xabarda.
Kun tartibida zamonaviy bosqiçda terroristik tahdidlarni baholaş ham bor. Xususan, Suriya-Iroq zonasida global terroristik tahdidning özgarişi şaroitida vaziyat rivoji, xalqaro terroristik taşkilotlar manfaatlarining dunyoning boşqa mintaqalariga ehtimoliy kirib borişi, MDH davlatlari taşqi çegaralarida terroristik holatlar ehtimoliy şakllari muhokama qilinadi.
Yiğiliş iştirokçilari şuningdek, tegişli xavfsizlik organlari örtasida qaynoq nuqtalarda jang qilgan xalqaro terrorçilarning öz mamlakatlariga qaytib kelişi şaroitida özaro hamkorlik yönalişlarini ham belgilab oladilar.
2018 yilga möljallangan, MDH terrorizmga qarşi birgalikdagi maşqlarni tayyorlaşga alohida e'tibor qaratiladi.











