Indoneziyaning Sumatra orolida Sinabung vulqoni otila boşladi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.
19 fevralda vulqon 5 km balandlikka kul ustunini otgan. Kul buluti 5 km gaça tarqalgan.
“Bu otiliş joriy yildagi eng balandi böldi”, deb aytilgan xabarda. Ma'lum qilinişiça, vulqon otilişi Şimoliy Sumatra viloyatidagi aviaaloqaga ta'sir körsatmagan.
Şu bilan birga Avstraliyaning vulqon kuli böyiça maslahat markazi vulqon otilişi bilan boğliq holda aviatsiya uçun qizil darajadagi trevoga e'lon qilgan.
Sinabung vulqoni balandligi dengiz sathidan 2 km 460 metrni taşkil qiladi. Vulqonning 400 yil içida ilk otilişi 2010 yilda yuz bergan, keyin esa kul otilişlari 2013 va 2014 yillarda takrorlangan. Vulqon otilişi 2014 yil yozida qayd qilingan. 2015 yil iyunda vulqon atrofidagi hududdan 6 ming kişi evakuatsiya qilingan.
Indoneziya “Tinç okeani olovli halqasi” deb ataluvçi kuçli tektonik yoriqning bir qismi hisoblanadi. Bunda Hind okeani tubini şakllantiruvçi plita Sumatra joylaşgan Osiyo plitasi tagiga kirib boradi. Bunda töplanuvçi energiya ulkan kuçdagi zilzilalar va vulqonlar otilişi körinişida taşqariga çiqadi.












