Indoneziyaning Sumatra orolida Sinaburg vulqoni lava ota boshladi. Shu sababli hukumat eng yuqori xavflilik darajasini e'lon qildi. Bu haqda 20 fevralda The Guardian nashri xabar berdi.
Vulqon otgan kul ustuni balandligi 7 km dan ko‘proqni tashkil qilgan. Vulqon tungi vaqtda otila boshlagan va undan chiqayotgan yorqin nur yaqin atrofdagi aholi punktlarini yorishtirib yuborgan.
Mahalliy hukumat Achex viloyatidagi Kutakane aeroportini yopib qo‘ygan. Vulqon krateri atrofida 7 km radiusda xavflilik hududi tashkil etilgan.
Vulqon 19 fevralda bir nechta zilzila va yaqin atrofdagi qishloqlarga qoya bo‘laklari yog‘ilishi bilan boshlangan.









