Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çavuşöğlu agar Suriya armiyasi Afrinda kurd tuzilmalariga kömak bersa, unga qarşi harbiy harakatlar amalga oşiriş bilan tahdid qildi.
Çavuşöğluning aytişiça, Anqara Suriya hukumat qöşinlari Afrinni suriyalik kurdlarning “Xalq mudofaa otryadlari”dan (YPG) tozalasa, ularning şaharga kirişlari muammo tuğdirmaydi. “Aksinça, agar ular YPĞni bizdan himoya qilsalar, unda Turkiya va turk askarlarini heç narsa töxtata olmaydi. Bu Manbij va Frotdan şarqdagi hududlarga ham taalluqli”, deb aytgan Çavuşöğlu.
18 fevralda Reuters axborot agentligi suriyalik kurdlar va rasmiy Damaşq Suriya hukumat kuçlarining Afringa kirişi böyiça kelişuvga kelişgani haqida xabar bergan. Uşbu kuçlar ikki kun içida Afrin va Turkiya bilan çegarada bir qator pozitsiyalarni egallaşlari ta'kidlab ötilgan.
SANA axborot agentligi ma'lumotlariga köra, yaqin soatlarda Afringa Suriya xalq kuçlari otryadlari kirib boradi. Ular aholini Turkiyaning tajovuziga qarşi kuraşda qöllab-quvvatlaydi hamda Anqaraning hududni bosib olişiga yöl bermaydi.
Bungaça YPG vakillari Suriya hukumat kuçlari bilan heç qanday muzokaralar olib bormayotganlarini aytib kelganlar.
Turkiya 20 yanvardan beri Afrinda kurd tuzilmalariga qarşi harbiy amaliyot olib bormoqda.












