Google özida Android Pay va Google Wallet'ni birlaştiruvçi Google Pay tölov servisining rasman işga tuşişi haqida e'lon qildi. Foydalanuvçilar yaqin orada Android Pay'ni yangilab, yangi ilovaga kirişlari mumkin böladi. 

Ta'kidlaş joizki, Google Pay'ni kompaniyaning barça mahsulotlariga integratsiya qiliş mumkin.  Chrome brauzeri va Assistant yordamçisi ham şular jumlasidandir. 

AQŞ va Buyuk Britaniya aholisi bir-biriga pul ötkazişda foydalangan Google Wallet servisi nomi Google Pay Send'ga özgardi. Yaqin oylarda Google Pay'ning asosiy ilovasida uning funksiyalari paydo bölişi kutilmoqda.

Işlab çiqaruvçilar Google Pay orqali tölovni qöllab-quvvatlaş xizmatlarini qöşişni istagan kompaniyalarga integratsiya jihozlari, şuningdek hamkorlar röyxati bilan tanişib çiqişni tavsiya qilişmoqda.  

Google Android Pay servisi nomi özgarişi haqida joriy yilning yanvar oyi boşida ma'lum qilgandi, biroq öşanda ba'zi OAV kompaniya tölov servisini yopmoqda, degan versiyani ilgari surişgandi.