Özbekistonda Google Pay işga tuşdi: undan qanday foydalaniş mumkin?
|16:251 1107 min
Google Pay android yordamida bank kartasini çiqarmasdan xaridlar uçun tölov qiliş imkonini beradi. Buning uçun qöllab-quvvatlanadigan kartani Google Wallet ilovasiga qöşiş kerak. Özbekistonda qaysi banklar Google Pay’ni qöllab-quvvatlaşi, kartani qanday ulaş va qurilma yöqolsa nima qiliş kerakligini tuşuntiramiz.
Foto: firstdirect.comFoto: firstdirect.com
Google Pay nima va u qanday işlaydi?
27-oktabrdan Android va Wear Os foydalanuvçilari Google Wallet ilovasidan foydalanişlari mumkin.
Google Pay - internetda, mobil ilovalarda va mos tölov terminallarida xaridlar uçun tölaş imkonini beruvçi xizmat.
Işlaş tartibi oddiy: foydalanuvçi bank kartasini Google Wallet'ga qöşadi, şaxsini tasdiqlaydi va telefonni kontaktsiz tölov terminaliga yaqinlaştirib, tölov qiladi. Bunda telefon NFC - yaqin masofadagi simsiz aloqa texnologiyasi orqali terminal bilan maʼlumot almaşadi.
Xarid uçun pul Google Pay'dagi alohida balansdan emas, ulangan bank kartasidan yeçiladi. Şuning uçun kartada yetarli mablağ bölişi va bank tranzaksiyani tasdiqlaşi kerak.
Özbekistonda qaysi kartalar orqali foydalaniş mumkin?
Google Pay'ga Özbekistondagi barça bank kartalari xizmatga ulanmagan.
Har bir bank öz kartalari uçun Google Pay'ni alohida qöllab-quvvatlaydi.
Google Wallet hozirda 9 ta bank kartalarini qöllab-quvvatlaydi:
AVO Bank - Mastercard;
Octobank - Visa va Mastercard;
Uzum Bank - Visa;
TBC Bank - Visa va Mastercard;
Alokabank - Visa va Mastercard;
Kapitalbank - Visa va Mastercard;
Ipak Yuli Bank - Visa va Mastercard;
NBU - Visa va Mastercard;
Orient Finans Bank - Visa va Mastercard.
Google Pay'dan foydalaniş uçun nima kerak?
Dökonlarda kontaktsiz tölov qiliş uçun quyidagilar talab etiladi:
NFC funksiyasi mavjud Android yoki Wear Os qurilmasi;
Google Wallet ilovasi;
Google Wallet bilan işlaydigan bank kartasi;
ekranni qulflaş usuli - PIN-kod, parol, grafik kalit yoki qöllab-quvvatlanadigan biometrik himoya;
telefonning xavfsizlik talablariga mos dasturiy taʼminoti.
Mavzuga oid
NFC funksiyasi bölmasa, kontaktsiz tölov qilib bölmaydi. Şuningdek, NFC yoqilgan bölişi va Google Wallet asosiy kontaktsiz tölov ilovasi sifatida belgilanişi kerak.
Google Pay'dan foydalaniş:
1. Playmarketdan Google Wallet ilovasini örnating;
Foto: Kun.uz
Playmarketdan Google Pay'ni örnatiş.
2. Bank kartasini qöşing;
«Dobavit v Koşelek» tugmasini bosing. Keyin «Dobavit platejnuyu katru» bölimini tanlang;
Karta maʼlumotlarini telefon kamerasi orqali skanerlaş yoki qölda kiritiş mumkin; Ilova körsatgan şartlarni öqing va davom etiş uçun rozilik bildiring;
Foto: Kun.uz
Bank kartasini qöşiş.
3. Kartani tasdiqlang;
Foto: Kun.uz
Bank kartasini tasdiqlaş.
Bank karta egasini tekşirişi uçun ekrandagi körsatmalarni bajaring.
Agar karta qöşilmasa, bu karta Google Wallet orqali tölov qiliş uçun hali qöllab-quvvatlamayotgan bölişi mumkin.
4. NFC funksiyasini yoqing
«Sozlamalar» - «Settings» bölimiga kiring va NFC funksiyasini toping. Uni yoqing.
Menyu qurilma modeli va unda örnatilgan tilga qarab farq qilişi mumkin. Keyin Google Wallet'ni asosiy kontaktsiz tölov ilovasi sifatida belgilang va ekran qulfi örnatilganini tekşiring .
5.tölov qiling
Kassirga Google Pay orqali tölamoqçi ekaningizni ayting. Qurilma ekranini qulfdan çiqarib, uni kontaktsiz tölov belgisi bor terminalga yaqinlaştiring.
Tölov muvaffaqiyatli amalga oşganda, tasdiq belgisi paydo böladi. Agar tölov ötmasa, telefonni terminalga boşqa tomoni bilan yaqinlaştirib köriş yoki bank bilan boğlaniş mumkin.
Google Pay internetsiz işlaydimi?
Ha, Google Wallet'ga bank kartasi avvaldan qöşilgan bölsa, dökonda kontaktsiz tölov qiliş uçun telefon doim internetga ulangan bölişi şart emas.
Biroq internetsiz tölovlar soni çeklangan. Google Wallet qurilmada saqlangan tölov maʼlumotlaridan foydalanadi, ularni yangilaş uçun esa vaqti-vaqti bilan internetga ulaniş talab etilişi mumkin.
Internetsiz işlaşi uçun kartani oldindan Google Wallet'ga qöşiş va bank tasdiğidan ötiş lozim. Kartani ilovaga qöşiş va tölov haqidagi xabarnomalarni oliş uçun esa internet kerak böladi.
Google Pay’dan çet elda foydalaniş mumkinmi?
Ha, agar kartangiz Google Wallet’ga qöşilgan va borgan davlatingizdagi tölov terminali kontaktsiz tölovni qabul qilsa, Google Pay orqali xaridlar uçun tölaşingiz mumkin.
Buning uçun karta çiqargan bank çet eldagi tölovlarga ruxsat berişi, kartangiz esa Google Wallet bilan işlaşi kerak. Şuningdek, terminalda Google Pay yoki kontaktsiz tölov belgisi bölişi lozim.
Safardan oldin:
kartangiz Google Wallet’da tölovga tayyor ekanini tekşiring;
bank kartangizda xalqaro tölovlar yoqilganiga işonç hosil qiling;
bankning çet eldagi tölovlar va komissiyalar böyiça şartlarini örganing;
borişni rejalaştirgan davlatda Google Wallet orqali kontaktsiz tölov qöllab-quvvatlanişini tekşiring.
Google Pay'da xavfsizlik qoidalari mavjud. Unga köra şaxsiy malumotlar ayrim maqsadlarda foydalaniş uçun saqlanadi.
Google'ning maxfiylik siyosatiga köra, tölov maʼlumotlari tranzaksiyani amalga oşiriş, tölovlar tarixini körsatiş, muammolarni hal qiliş uçun işlatiladi.
Qurilma yöqolsa, nima qiliş kerak?
Masalan, telefoningiz yöqolsa yoki öğirlansa, boşqa qurilmadan Google'ning Find Hub xizmatiga kirib, telefonni topiş, masofadan qulflaş yoki undagi maʼlumotlarni öçirişingiz mumkin.
Buning uçun qurilmada Google akkaunti bölişi va tegişli xavfsizlik şartlari bajarilişi kerak. Maʼlumotlarni öçirsangiz, qurilmadagi kerakli fayllar ham öçişi mumkin.
Telefon yöqolganda bankka ham xabar beriş, zarur bölsa kartani vaqtinça bloklaş kerak.
Eslab qoling
Google Wallet'ni faqat rasmiy Google Play manbasidan örnating.
Bank kartasi maʼlumotlari, parol va SMS-kodlarni boşqa odamlarga bermang.
Telefonda ekran qulfi va Google akkauntingizda ikki bosqiçli tasdiqlaşni yoqing.
Şubhali havolalar orqali bank yoki Google akkauntiga kirmang.
Bank ilovasidagi operatsiyalar tarixini tekşirib turing.
Telefon yöqolsa, uni masofadan qulflang va bankka xabar bering.
Karta Google Wallet'ga qöşilmagan bölsa, bankdan kartangiz xizmatga mosligini aniqlang.