Braziliya federal senati prezident farmonini ma'qulladi, unga köra mamlakat armiyasiga Rio-de-Janeyro ştatida xavfsizlikni nazorat qiliş funksiyasi ötkazildi. Bu haqda Globo xabar qilmoqda.

Taşabbusni 55 parlamentariy qöllab-quvvatladi, 13 nafari qarşi çiqdi va bir kişi betaraf qoldi.

Farmon bilan nazarda tutilgan çoralar xavfsizlikni ta'minlaşga qaratilgan bölib, joriy yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi.

16 fevral kuni Braziliya prezidenti Mişel Temer Rio-de-Janeyro ştatidagi huquqni muhofaza qiliş kuçlari ustidan nazoratni armiyaga beriş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu mahalliy tödalar örtasidagi qarama-qarşilik tufayli yuz bergan zöravonlik holatlari avj olib ketgani fonida sodir böldi.