AQŞ prezidenti Donald Trampning jurnalistlarga xabar berişiça, miltiqlardan tez öq uzişni ta'minlab beruvçi vositalar noqonuniy ekani haqida memorandumni imzoladi.

Uning sözlariga köra, memorandum mahalliy hokimiyat vakillariga yarim avtomatlaştirilgan quroldan öq otiş tezligiga qöyilgan çeklovni çetlab ötiş imkonini beruvçi şunday uskunalarni noqonuniy deb tan olişni "tavsiya etadi".

Las-Vegasda oktabr oyidagi otişmada gumonlangan Stivet Peddok ham şunday qurilmadan foydalangan – öşanda 58 kişi halok bölgan, 850 dan ortiq inson jarohat olgan.