Ukrainadan çiqarib yuborilgan siyosatçi Mixail Saakaşvili tez orada yana u yerga qaytişga va'da berdi. U bu haqda feysbukda yozdi. 

21 fevralda Ukraina davlat çegara xizmati Saakaşviliga Ukrainaga 2021 yil fevraligaça kirişni taqiqlab qöydi.

“Men yoki mensiz bu hokimiyatning yakuni keldi, men esa tez orada – uç yildan ança, ança oldinroq uyimga – Ukrainaga qaytaman”, deb yozgan Saakaşvili.  

Uning aytişiça, u “özgarişlar yöqligidan, hukumatning yoppasiga yolğonçiligi va öğriligidan norozi bölgan millionlab ukrainaliklardan bor-yöği biridir”. 

Ayni vaqtda Saakaşvili Niderlandiyadan qönim topgan.