Runetning eng yirik öyinçilari Google va Facebook'ning yölini tanlaşdi — ular kasodga uçrayotgan loyihalarni faol sotib olib, rossiyaliklar hayotining barça jabhalarini qamrab oluvçi butun boşli ekotizimlarni yaratişmoqda — taom yetkazib beriş va taksiga buyurtma berişdan to kibersportgaça.
Bu yil «Yulmart» va Exist onlayn-riteylerlari Forbes reytingidan tuşib qoldi. Birinçisi ba'zi hududlardagi işini töxtatib qöydi va hozir biznesni boşqa yuridik şaxslar nomiga qayta rasmiylaştiryapti, ikkinçisi esa likvidlaşuv bosqiçida. Ikki holatda ham bu hodisalarga korporativ mojarolar sabab bölgan. Bu bilan bir vaqtda reytingga Biletix onlayn band qiliş servisi, «OnlaynTreyd.Ru» internet-dökoni va SkyEng ta'lim platformasi qöşildi.
Daromadga oid ma'lumotlar kompaniyalarning özi tomonidan taqdim qilingan. Boşqa bir holatlarda bozor iştirokçilari va tahlilçilar örtasida sörovnoma ötkaziş yöli bilan olingan baholar keltiriladi. Biz dastavval Rossiyada işlab çiqilgan yoki asosan Rossiya bozorida faoliyat yurituvçi internet-biznesga stavka qilgan kompaniyalarni olganmiz (ularning yarmidan köp daromadi onlayn tuzilmalarga töğri keladi). Reytingda xorijiy öyinçilarning Rossiyadagi biznesi, şuningdek asosan oflaynda işlovçi kompaniyalar yöq. Ommaviy kompaniyalar kapitalizatsiyasi birjaning 2018 yil 25 yanvar holatidagi ma'lumotlar böyiça keltirilgan. Qolgan barça raqamlar — Forbes ekspertlarining bahosi. U yoki bu kompaniyaning real qiymatini sotuvçi va xaridor örtasidagi kelişuv belgilab beradi. «Skolkovo — Vençurnyye investitsii», FRII, AKIT, Runa Capital, Almaz Capital va KPMG ekspertlarining maslahatlari reyting tuzişda qöl keldi.

2017 yilning noyabrida "FAS" «Yandeks.Taksi» va Uber'ning Rossiya va beş qöşni mamlakat hududida birlaşişini ma'qulladi, şartnoma 2018 yilning qişida yopilişi kerak bölgan. «Yandeks» va Uber yangi kompaniyaga 225 million va 100 million dollar sarmoya kiritadi. Bundan taşqari, «Yandeks» bir yilda «Korolev» yangi qidiruv algoritmini işga tuşirdi va Rossiya auditoriyasi uçun bozorda neyron tarmoqlar asosidagi «Alisa» nomli ilk ovozli yordamçisini namoyiş qildi. «Yandeks»ning asosiy daromad manbai avvalgidek internet-reklama sotuvidan tuşgan daromad hisoblanadi.

Mail.ru Group öz aktivlari portfelini kengaytirişda davom etmoqda. 2018 yilning yanvarida kompaniya ESforce kibersport xoldingi xaridi haqida e'lon qildi. Kompaniyaning şartnomani yopiş davridagi bahosi 100 million dollarni taşkil qildi. Bundan taşqari, 2017 yilda Mail.ru Group «Yula» servisi monetizatsiyasini boşladi va Pandao xalqaro marketpleysini işga tuşirdi. 2017 yilning dekabrida, startdan bir oy ötib, «Yula»ning daromadi 2 million rublni taşkil qildi, Pandao esa kuniga 19 000 tölovli buyurtmalarga erişdi va Rossiya App Store va Google Play'ining top-3 röyxatiga kirdi.

Avito elektron e'lonlar taxtasi 2007 yilda paydo bölgan, hozir u mamlakatdagi eng yirik servislardan biri hisoblanadi. Avitöga har oyda 32 million kişi kiradi. 2017 yilning birinçi yarim yilligida servis 38 foizga - 7,16 milliard rublga ösdi. Amerikaning App Annie tahliliy kompaniyasi hisobot ma'lumotlariga köra, 2017 yilda Avito mobil ilovasi Rossiyada eng köp yuklanuvçi ilovalar önligiga kirdi. «Avito Avto» foydalanuvçilari ötgan yil mobaynida 2,2 million avtomobilni sotişgan. Örtaça narx 511 ming rublni taşkil qildi.

Ingliz tili öqituvçisi Tatyana Bakalçuk va uning turmuş örtoği Vladislav tomonidan asos solingan Wildberries kompaniyasi — Rossiya bozoridagi eng yirik internet-dökonlardan biri. Har kuni 1 million foydalanuvçi 100 mingta buyurtma beradi. Internet-dökon saytida 7 mingdan ziyod brend mahsuloti taqdim etilgan. 2018 yilning yanvarida kompaniya yangi yönaliş oçdi — bolalar ozuqalari. Hozirda kompaniya sotuvlarining 70 foizi kiyim-keçak, poyabzal va aksessuarlar uluşiga töğri keladi. 2017 yilda internet-dökonning daromadi 40 foizga - 63,8 milliard rublga ösdi.

Lamoda kiyim-keçak va poyabzal onlayn-riteyleri 2017 yilning oxirida özining şerigi Pick-up.ru'dan buyurtma qabul qiliş punktlar tarmoğini sotib olgan va Moskva hamda Sankt-Peterburg tumanlaridagi 56 punktning yagona egasiga aylangan. Şuning natijasida Lamoda taşiş tarmoği ikki baravarga - 112 punktga köpaygan. Kompaniya texnologik yangiliklarga qiziqadi — mobil ilovasida suratdan buyum izlaş funksiyasini işga tuşirdi, şu bilan birga imidj hamkorligi ustida ham öylay boşladi — FIFA onlayn-dökoni bilan hamkorlik qila boşladi. 2018 yilning 1 martidan kompaniyaga Florian Yansen boş direktor böladi.

1990-yillar oxirida RekSoft softver kompaniyasi va Terra Fantastika naşri ozon.ru kitob dökonini işga tuşirişdi. Bugun ozon.ru saytida 23 toifada 5 million tovar taqdim etilgan. Xolding aksiyadorlari — Baring Vostok fondi, «Sistema» AFK, MTS, Index Ventures, ru-Net Ltd, Rakuten, Intel Capital, Holtzbrinck va Cisco. 2017 yilning noyabrida Ozon Group özining postamatlar tarmoğini işga tuşirdi. 2017 yilning dekabrida kompaniyaga yangi boş direktor keldi - bu lavozimda Denni Perekalski örnini Aleksandr Şulgin egalladi.

Biletix butun dunyodan 700 dan ortiq taşuvçining aviaçiptalarini sotadi. 2017 yilning avgustida servis «Rostelekom — rozniçnyye sistemy» kompaniyasi bilan hamkorlik qila boşladi. Bu esa unga butun Rossiya böylab «Rostelekom»ning mingdan ziyod ofislarida çiptalarni sotiş imkonini berdi. 2016 yilning uçinçi çoragida servis onlayn-turoperatorga aylandi — uning saytida bir paketning özida aviaçiptalar va mehmonxonalar nomerlarini xarid qiliş imkoni paydo böldi. 2017 yilning oxiriga kelib, resursning oylik auditoriyasi 415 ming kişini taşkil qildi.

Iş qidiriş bilan şuğullanuvçi HeadHunter onlayn-resursi deyarli olti yil Mail.ru Group'ga tegişli bölgan. 2016 yilning fevralida u 10 milliard rublga «Elbrus Kapital» fondi boşçiligidagi sarmoyaçilar guruhiga sotilgan. 2017 yilning dekabrida kompaniya Job.ru rekruting kompaniyasi aktivlarining bir qismini sotib olgan, domen nom va tovar belgisi ham şular jumlasidandir. 2018 yilning yanvarida Reuters axborot agentligi portal IPÖga çiqiş imkonini körib çiqayotganini ma'lum qildi.

«Sitilink» onlayn-diskaunteri Forbes röyxatidagi elektronika savdosiga ixtisoslaşgan yagona reteylerligiça qoldi. Ötgan yili u oflayndagi iştirokini faol oşirdi: Rossiyaning 318 şahrida kompaniyaning 44 dökoni va 470 buyurtma beriş va qabul qiliş punkti bor (2016 yilda bu körsatkiçlar 30 va 340 bölgan). Tarmoq dökonlari yoki elektron savdo markazlarida konsultantlar yöq. Buyurtmalarni mustaqil rasmiylaştiriş uçun markazlar terminallar, tölov kassalari va tovarni topşiriş oynalari bilan jihozlangan.

1999 yilda novosibirlik işbilarmon Aleksandr Sisoyev şahar xaritasini ma'lumotnomaga birlaştiriş usulini öylab topgan. Hozirda uşbu servisdan töqqiz mamlakatning 300 dan ortiq şahrida oyiga 36,5 million kişi foydalanadi. 2017 yilda 2GIS Huawei mobil qurilmalariga ilovalarni oldindan örnatişga kelişib olgan: hozirda servis LG, Fly, DEXP, Micromax gadjyetlariga kiritilgan. Ötgan yildan boşlab ilova nafaqat avtomobil yoki jamoatçilik transporti, balki optimal piyoda yönalişlarni ham yölga qöymoqda. 2017 yilning bahoridan Uber haydovçilari 2GIS navigatoridan foydalana boşlaşdi.

Oskar Xartmann tomonidan Fransiyaning Vente Privee kompaniyasi modeli asosida yaratilgan KupiVip onlayn-dökoni 2016 yildan beri oflaynni ham faol özlaştirmoqda. 2017 yilda servisning ikkita şunday dökoni paydo böldi, buyurtma beriş punktlari tarmoği kengaydi. 2018 yilning bahorida yana ikki savdo nuqtasi oçiladi. Ötgan yili KupiVip Milanda öz ofisini oçdi, bu unga Yevropa brendlari bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaş va biznesni rivojlantiriş imkonini berdi. Bundan taşqari, kompaniya onlayn-savdoni taşkillaştiriş uçun öz infratuzilmasini boşqa brendlarga taqdim eta boşladi.

Data Insight ma'lumotlarining guvohlik berişiça, Aviasales Rossiyaning aviayölovçi taşiş bozorida auditoriya böyiça yetakçi pozitsiyalarni saqlab kelmoqda. Resurs auditoriyasi ötgan yili 7 million kişidan 10 millionga ösgan. Daromad esa, Forbes baholariga köra, ikki baravarga oşgan. 2017 yilning martida Aviasales egasi hisoblangan Go Travel UN kompaniyasi biznesni qayta taşkil qiliş haqida e'lon qildi — portal endi xalqaro bozorlarda emas, Rossiya va SNGda işlaşga diqqatni qaratadi. Şuningdek mehmonxonalarni band qiliş bilan şuğullanuvçi Hotellook servisiga integratsiyalaşgan «Aviasales oteli» brendi paydo böladi.

Ineternet-dökonga işbilarmon Sergey Poseukov tomonidan asos solingan. U özini universal riteyler sifatida namoyon etadi — u 27 toifadagi tovarlarni sotadi, şu jumladan elektronika, maişiy texnika, farmatsevtika va kosmetik vositalar, mebel, kiyim-keçak va poyabzalni ham. «OnlaynTreyd.Ru» çakana tarmoğiga Rossiyaning 92 şahrida 273 tovar topşiriş punkti kiradi, dökon 180 maşinali avtoparkka ega. Joriy yilning bahorida u "Ximka"da ombor kompleksi (70 ming kv.m) qurilişini oxiriga yetkazmoqçi va buyurtmalarni bajariş hajmini kuniga 9 mingdan 30 mingga oşirmoqçi.

B2B-Center — buyurtmaçi va yetkazib beruvçini boğlovçi elektron savdo maydoni. 2002 yilda yaratilgan servis iqtisodiyotning turli sohalarida (energetika, neft-kimyo, metallurgiya, avtomobil sanoati va b.) 43 turdagi savdo jarayonlarini ötkaziş imkonini beradi. Tizimda 350 mingga yaqin kompaniya işlaydi, B2B-Center'ning 15 yillik faoliyati davomida 15,2 trillion rubllik deyarli million savdo amalga oşirilgan. Kompaniyaning uç ofisi bor (Moskva, Bryansk va Minskda), ularda 300 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritadi.

Rossiyaning eng yirik onlayn-kinoteatri hisoblanadi - baholarga köra, soha bozorining 33 foizi uning hissasiga töğri keladi. 2017 yilning dekabrida servis auditoriyasi 40 million kişini taşkil qildi. Ivi.ru standart model böyiça işlaydi: foydalanuvçiga tölovli va bepul filmlar taklif etiladi, daromadning bir qismini reklama ta'minlaydi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 2017 yilda videoservislar daromadlarida birinçi marta özgariş kuzatiladi: nihoyat, pulli video tomoşasidan tuşgan daromad reklama daromadlaridan oşadi.

SuperJob rekruting loyihasi 2000 yilda Aleksey Zaxarovning saytlar işlab çiquvçi va ularni qöllab-quvvatlovçi «Triumvirat Development» kompaniyasi tomonidan işga tuşirilgan. Öşanda Zaxarov onlayn-rekrutmentni "yuqori rentabelli" soha sifatida baholagan. 2002 yilda resur vakansiyalar va rezyumedan iborat bepul e'lonlar saytidan tijorat portaliga aylangan. SuperJob 2016 yilda Social Link nomi ostidagi ijtimoiy tarmoqlardagi nomzod haqidagi axborot agregatorini işga tuşirdi. 2017 yilda saytda yangi funksiya - uyiga yaqin joydan iş izlaş imkoni paydo böldi.

Cian.ru portali — köçmas mulkni sotiş va ijaraga olişga doir e'lonlar agregatori. Şuningdek «Tsian Grupp»ga Peterburgning köçmas mulkka oid emls.ru sayti ham kiradi. 2018 yilning 10 yanvariga qadar kompaniya «Delovoy mir onlayn» (realty.dmir.ru) portaliga egalik qilgan, hozir u yopiq, bu haqida 2017 yil oxirida «Tsian Grupp» boş direktori Maksim Melnikov ma'lum qildi. Kompaniyaga asosiy daromad tölov amalga oşiriluvçi e'lonlar ortidan keladi. "Promsvyazbank"ning sobiq egalari Dmitriy va Aleksey Ananevlar «Tsian Grupp»ning asosiy egalari hisoblanadi, 27 foizi esa «Elbrus Kapital» kompaniyasiga tegişli.

Kompaniya Mamba, Wamba, Teamo va Yonja.com tanişuv servislarini rivojlantirmoqda. "Mamba"ni nazorat qiluvçi aksiyador - «Finam» (biznesning 65 foiziga egalik qiladi), qolgan 35 foizi Mail.ru Group'ga tegişli. Kompaniya faqat Rossiyada işlamaydi, 2017 yilning dekabrida uning Turkiyadagi Yonja.com saytiga 95 mingdan ziyod kişi kirgan. Servis xorijiy bozorlarga ekspansiyani boşlab, öz nomini Mamba'dan Wamba'ga özgartirdi, çunki mamba domeni köp mamlakatlarda konfetlar işlab çiqaruvçi tomonidan band qilingan edi. Bugun Wamba 20 tilga tarjima qilingan va u reklama hamda nufuzli akkauntlar sotuvidan pul işlaydi.

Kompaniya ikki işbilarmon — Sergeya Rijikov («Bitriks») va Boris Nuraliyev («1S»)ning sa'y-harakatlarini birlaştiriş natijasida paydo bölgan. «1S-Bitriks» saytlar va onlayn-loyihalar boşqaruv tizimini işlab çiqaradi, veb-studiyalarga litsenziya sotiş ortidan pul işlaydi. Bugun kompaniyaning IT-mahsulotlaridan 3 milliondan ziyod kişi foydalanradi. 2017 yilning avgustida «1S-Bitriks» öz segmentidagi eng maşhur kompaniya deb topilgan. Data Insight tahlil agentligi ma'lumotlariga köra, kompaniya Rossiya bozorining 28,7 foizini egallaydi.

SkyEng ingliz tili onlayn-maktabi birinçi marta Runetning eng qimmat kompaniyalari qatoriga qöşildi. Loyiha ta'lim tizimining zamonaviy konsepsiyalarini qöllaydi: darslar masofadan videoaloqa orqali ötkaziladi, öquvçi rivojlanişi maxsus dastur asosida nazorat qilinadi, öqituvçilar esa maşina ta'limi algoritmi yordamida tanlanadi. 2017 yilda SkyEng loyihasi Baring Vostok investitsion fondi mablağini jalb qildi. Natijada u Rossiyadagi EdTech (ta'lim texnologiyalari) sektoridagi eng qimmat startapga aylandi.












