Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 22 fevral kuni videoselektor yiğilişi ötkazildi. Unda xorijiy turistlar oqimini köpaytiriş va içki turizmni yanada rivojlantiriş, sayyohlik xizmatlarini yaxşilaş va turlarini kengaytiriş böyiça körilayotgan çoralar natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi.

KUN.UZ manbasi xabariga köra, prezident yiğiliş çoğida Özbekistonning Yaponiya, Turkiya va Hindistondagi elçilari bilan gaplaşgan. Prezident elçilarga mamlakatga investitsiya va sayyohlar olib kelişni, şuningdek, eksport hajmini oşirişga hissa qöşiş vazifalarini topşirgan.

Prezident Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasiga jiddiy vazifalar qöygan. Turizm haqida gapira turib, prezident mamlakatning sohadagi salohiyatidan töla foydalaniş zarurligini ta'kidlab, hududi Özbekistondan 3 barobar kiçik bölgan Ozarboyjonga bir yilda 3,1 million turist taşrif buyurişini (Özbekistonga 2017 yilda 2 milliondan oşiq) misol qilib keltirgan.

Turizmni rivojlantiriş uçun Özbekistonda 50-55 kişilik 3 va 4 yulduzli mehmonxonalarga asosiy e'tibor qaratiladi.

Özbekistonda içki reyslar soni oşiriladi, şuningdek, Özbekistonga boşqa mamlakatlarning faqat poytaxt şaharlaridan emas, boşqa yirik şaharlaridan, masalan, Turkiyaning Izmir, Köniyo va Bursa şaharlaridan Özbekistonga charter reyslar yölga qöyiladi.

Bundan taşqari, Buxoro va Samarqand aeroportlari yonida qöşimça terminallar quriladi.