Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Tergov departamenti idoralarining barcha rahbarlariga bog‘lanish telefon raqamlari e'lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, muammolarni joyida hal qilish, takroriy murojaatlarni keskin kamaytirish maqsadida hududiy Tergov rahbarlarining telefon raqamlari ro‘yxati namunaviy shakli ishlab chiqildi.
Telefon raqamlari ro‘yxatining namunaviy shakli fuqarolarga yaqqol ko‘rinadigan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB huzuridagi Tergov boshqarmalarida – hududiy viloyat IIB, prokuratura, hokimlik, sud hamda Halq qabulxonalari, shuningdek, Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi ma'muriy binosi, temir yo‘l vokzal va aeroportlarda viloyat rahbarlari telefon raqamlari;
Tuman, shahar IIBlarda-hududiy IIB, prokuratura, hokimlik, sud hamda Xalq qabulxonalari, shuningdek, Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash hududiy bo‘limlarining ma'muriy binosi, temir yo‘l vokzal va aeroportlarning binolariga kirish joylarida viloyat rahbariyati hamda hududiy bo‘lim boshliqlari yoki tergov guruhi katta tergovchilari telefon raqamlari joylashtirildi.
Mavzuga oid
19:49 / 07.02.2026
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
16:31 / 03.02.2026
Toshkent viloyatida ayrim yo‘l uchastkalarida tezlik 80 km/soatgacha tushiriladi
08:36 / 30.01.2026
Toshkent viloyatida ekologiya bo‘limi boshlig‘i ushlandi
08:19 / 30.01.2026