Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi prezidenti, Özbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Markaziy Osiyo, Eron, Afğoniston Futbol Assotsiatsiyasilari (CAFA)ning yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda ÖFA matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaga köra, 24 fevral kuni Toşkentdagi «HYATT REGENCY» mehmonxonasida CAFAga a'zo mamlakat vakillari iştirokida Kongress bölib ötgan. Aynan şu tadbirda Ahmadjonov yangi lavozimga tayinlangan.
Kongressda Eron, Afğoniston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlardan delegatlardan taşqari, Janubiy Koreya va Qatar davlatidan taşrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar iştirok etişdi.
KAFA Kongressida quyidagi rasmiy delegatlar iştirok etişdi:
Said Alirizo Oğazodiy – Afğoniston Futbol Federatsiyasi Boş kotibi
Mahdiy Taj – Eron futbol federatsiyasi Prezidenti
Ali Kafaşiyan (Eron) – OFK vitse-prezidenti
Semetey Sultanov – Qirğiziston Futbol federatsiyasi Prezidenti
Dostonbek Qonoqboyev - Qirğiziston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti
Xurşed Mirzo (Tojikiston) – KAFA vitse-prezidenti
Davlatmand Islomov – Tojikiston futbol federatsiyasi Boş kotibi
Farhod Sayfiddinov (Tojikiston) – Ijroiya qömitasi a'zosi
Çariyar Atayev - Turkmaniston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti
Bobonazar Haqnazarov – Turkmaniston FF musobaqalar böyiça boşqarma boşliği
Şuningdek, KAFA Kongressiga quyidagi mehmonlar taklif etilgan:
Vohid Kardaniy (Eron) – OFK Xalqaro boşqarma boşliği
Çung Mong Gyu – Janubiy Koreya futbol Assotsiatsiyasi prezidenti
Park Yong Su - Janubiy Koreya futbol Assotsiatsiyasi prezidentining maslahatçisi
Şayx Xalifa at-Taniy – Qatar futbol Assotsiatsiyasi prezidenti
Xalifa Husayn Johar – Qatar futbol Assotsiatsiyasi prezidentining maslahatçisi
Tariq an-Na'ma - Qatar futbol Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti
Ali Dovud Aş-Şukriy – Qatar futbol Assotsiatsiyasi Ijroçi-direktori












