O‘zbekiston | 18:52 / 24.02.2018
28813
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi 22 ta oltin koni o‘zlashtiriladi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining joriy yil 22 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan davlat dasturiga muvofiq, 25 turdagi foydali qazilmalar zahiralarini ko‘paytirish va geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish hisobiga 50 ta yangi kon sanoatda o‘zlashtirishga tayyorlanadi. Ularning 22 tasi oltin, 3 tasi uran, 2 tasi rangli metall va boshqa har xil noruda foydali qazilmalardir.

Shuningdek, 20 ta yer osti suv konini topish hisobiga 6 viloyatdagi 2 shahar, 12 shaharcha va 220 qishloq aholi punktlari suv bilan ta'minlanadi.

Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi hududlarda joylashgan geologik 6 shaharchada boshqa hududlardan borib ishlayotgan 60 dan ziyod yosh mutaxassis uchun 32 ta uy qurib beriladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ma'lum qildi, deb yozmoqda O‘zA.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid