2026 yilgi Qişki olimpiada Şimoliy Amerika yoki Yevropada ötkazilişi mumkin. Bu haqda jurnalistlar bilan bölgan suhbat vaqtida Xalqaro olimpiya qömitasi prezidenti Tomas Bax ma'lum qildi.
2022 yilgi Qişki olimpiadaga Pekin mezbonlik qiladi.
«2026 yilda biz qişki öyinlarni ötkazişda an'anaviy joyga qaytişimiz mumkin. Qişki öyinlarni Şimoliy Amerika yoki Yevropada ötkaziş vaqti keladi. Asosiy da'vogarlardan biri Norvegiya», degan Bax.
Oxirgi marta qişki öyinlarga Norvegiya 1994 yilda mezbonlik qilgandi. Öşanda olimpiada Lillexammereda ötgandi.
2026 yilgi qişki olimpiada mezboni 2019 yil iyulida Milan şahrida ötkaziladigan XOQ yiğilişi vaqtida aniqlanadi. Olimpiadaga mezbonlik uçun arizalarni 2018 yil 31 martiga qadar topşiriş mumkin. Ayni vaqtda qişki olimpiada mezbonligiga da'vogarlar sifatida Kalgari (Kanada), Olmaota (Qozoğiston), Sapporo (Yaponiya) va Erziruv (Turkiya) nomlari tilga olinadi.
Bundan avvalroq Avstriyaning Tirol yeri (markazi Insbruk) aholisi örtasida ötkazilgan referendumda ham olimpiada mezbonligi uçun ariza topşiriş qarori qabul qilingandi. Şuningdek, Şveytsariyaning Son şahri aholisi ham şaharda olimiada ötkazilişini istaydi. AQŞ Olimpiya qömitasi 2026 yilgi olimpiada mezbonligi uçun zayavka bermasligini ma'lum qilgan.












