«RB Leyptsig» Germaniya Bundesligasining 24-turida «Kyoln»ga yutqazdi — 1:2.
Maydon egalari 5-daqiqadayoq hisobni oçgan, Jan-Kevin Ogusten gol muallifi bölgandi. 70-daqiqada hisob tenglaşdi — Vensan Kozello aniq harakat qildi. Leonardo Bittenkort esa 77-daqiqada ikkinçi golni urib, «Kyoln»ning ğalabasini ta'minladi.
Bu mağlubiyatdan keyin turnir jadvalida «RB Leyptsig» 38 oçkosi bilan oltinçi öringa tuşib ketdi, «Kyoln» 17 oçko bilan oxirgi örinda qolmoqda.
Bu turda «Bayyer» «Şalke-04»ga yutqazdi. Leverkuzendagi «Bay-Arena» stadionida keçgan öyin mehmonlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Gvido Burgştaller 11-daqiqada hisobni oçdi, Nabil Bentaleb öyin oxirida ikkinçi golni urdi.
38-daqiqada mezbonlar futbolçisi Dominik Kor ikkinçi sariq kartoçkani olib, maydonni tark etişga majbur böldi.
«Şalke-04» endilikda oçkolari sonini 41taga yetkazib, Bundesliga turnir jadvalida ikkinçi öringa kötarilgan. «Bayyer» 38 oçko töplagan holda kuçli beşlikni yakunlab turibdi.
Germaniya çempionati
24-tur
RB Leyptsig – Kyoln 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 5 Ogyusten, 1:1 – 70 Kozello, 1:2 – 77 Bitenkur.
RB Leyptsig – Gulaçi, Klostermann, Orban, Upamekano, Bernardo, Zabittser, Kampl, Forsberg (Demme, 71), Lukman (Poulsen, 59), Ogyusten (Verner, 69), Bruma.
Kyoln – Xorn, Sorensen, Xorxe Mere, Xaynts, Risse, Kozello (Lemann, 88), Xeger, Xektor, Xorn (Bitenkur, 61), Osako (Ozdjan, 82), Terodde.
Ogohlantirişlar: Xeger (13), Kampl (87).
Bayyer – Şalke-04 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 11 Burgştaller, 0:2 – 89, penalti Bentaleb.
Bayyer – Leno, Yedvay (Kissling, 71), Retsos, Bender, Vendell, Kor, Arangis, Brandt (Belarabi, 71), Xavertts, Beyli, Folland (Alario, 62).
Şalke-04 – Fermann, Kerer, Naldo, Nastasiç, Kalidjuri, Gorettska (Bentaleb, 66), Mayyer (Stambuli, 49), Oçipka, Di Santo, Embolo, Burgştaller (Xarit, 49).


















