Vazirlar Mahkamasining 22.02.2018 yildagi 137-son qarori bilan Biriktirilgan hududda içki işlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça faoliyatini baholaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Tasdiqlangan mezonlardan kelib çiqqan holda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan bir martalik pul uşlaş va mukofotlaş qöllaniladi. Uşlanmaning ham, mukofotning ham eng yuqori miqdori xodim lavozim maoşining 50%ini taşkil etadi.

Bir martalik pul uşlanişi intizomiy jazo çorasi hisoblanmaydi va uning qöllanişi intizomiy jazo çorasini qöllaş bilan boğliq oqibatlarga olib kelmaydi. Xodim avval intizomiy jazoga tortilganligiga asoslanib bir martalik pul uşlanişini qöllaşga yöl qöyilmaydi.

Pul mukofoti rağbatlantiriş çorasi hisoblanmaydi va xodimning amaldagi intizomiy jazosi mavjudligiga qaramasdan qöllanadi.

Bir martalik pul uşlanişi va mukofotlaşni qöllaş töğrisidagi qarorlar Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toşkent şahar IIBBda taşkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiyaning hisobot çoragidan keyingi hisobot çoragining birinçi oyi 15 sanasidan keçiktirmay ötkaziladigan majlislarida ötgan çorakdagi IIO xodimlarining faoliyati baholanadi.

Hujjat 23.02.2018 yildan kuçga kirdi.