Özbekiston va Qirğiziston savdo-iqtisodiy jihatdan katta salohiyatga ega. Bu haqda 28 fevral kuni Özbekiston sayyohlik salohiyati taqdimot marosimida Özbekistonning Qirğizistondagi elçisi Komil Raşidov aytib ötdi.

Uning sözlariga köra, siyosiy iroda tufayli Qirğiziston va Özbekiston ikki tomonlama munosabatlarni kuçaytirdi. «Ötgan yili yangi kelişuv imzolandi, u bizning barça turoperatorlarga uşbu kelişuv doirasida turizm sohasida özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga imkon beradi. Bizda savdo-iqtisodiy nuqtai nazardan katta salohiyat bor», - deya ta'kidlab ötdi u. Bildirilişiça, tomonlar taşqi savdo aylanmasi hajmini 500 million dollarga oşirişni rejalaştirgan va Özbekiston bunday hamkorlikka tayyor.

Elçining xabar berişiça, Özbekiston sayyohlik sohasini rivojlantirişga tayyor. Uning qöşimça qilişiça, mamlakat turizm sohasiga juda jiddiy munosabatda bölmoqda.

«Bizda foydalanilmagan salohiyat bor va uni şunday rivojlantirmoqçimizki, bunda har bir sayyohning kayfiyati yaxşi bölişi hamda u yana ortga qaytib kelişi kerak», - dedi u.

K.Raşidov Özbekistonga taşrif buyurişning sabablari orasida quyidagilarni ta'kidlab ötdi: boy tarix, YuNESKO röyxatiga olingan tarixiy şaharlar va joylar, turizmning turli turlari.

«Biz qilayotgan narsaning hammasini YuNESKO bilan kelişilgan holda bajarmoqdamiz. Bundan taşqari, ekologik sayyohlik uçun tabiiy joylar bor, juda maşhur taomlar, mevalar, sabzavotlar mavjud», - degan elçi.

Uning qöşimça qilişiça, ötgan yili Özbekistonga 2,7 million sayyoh taşrif buyurgan va 5 yil içida uşbu körsatkiçni ikki barobarga oşiriş rejalaştirilgan.

«Ötgan yili Samarqandga 1,2 million sayyohga taşrif buyurdi va çet ellik sayyohlardan tuşgan daromad 62 million dollarni taşkil etdi», - dedi u.