Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida yunon-rum kuraşi böyiça Osiyo çempionatida Elmurat Tasmuradov oltin medalni qölga kiritdi. Bu haqda turnir rasmiy saytida ma'lumot berilgan.
Bu safar 63kg.gaça vazn toifadasida gilamga çiqqan özbekistonlik sportçi hal qiluvçi final bahsida qirğizistonlik Urmat Amatovni 8:0 hisobida mağlubiyatga uçratdi.
Ma'lumot uçun, uşbu çempionlik Tasmuradov uçun Osiyo çempionatidagi törtinçi oltin medaldir. Elmurat bungaça Dehli (2013), Astana (2014) hamda Doha (2015) şaharlarida ötkazilgan Osiyo çempionatlarida oltin medallarni qölga kiritgan. Rio olimpiadasi sovrindori, şuningdek 2012 yilda Kumida ötgan qit'a çempionatida esa u kumuş medal bilan kifoyalangandi.











