28 fevraldan 2 martgaça Royal, Akfa va Shivaki xalqaro Aqua Therm Tashkent 2018 körgazmasida qatnaşişmoqda. Yurtimizda 7-marta uyuştirilgan Aqua Therm Tashkent Özbekistonda bölib ötadigan eng yirik körgazmalardan biri hisoblanadi. Uşbu körgazmada qatnaşuvçi milliy hamda çet el korxonalarining soni yildan-yilga oşib bormoqda. Oxirgi beş yil davomida Aqua Therm Tashkent da qatnaşuvçi korxonalarning soni deyarli tört martaga oşdi. Körgazmada Avstriya, Germaniya, Daniya, Italiya, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Şveytsariya, Janubiy Koreya va boşqa davlatlardan taşrif buyurgan korxonalar qatnaşmoqda.

Aqua Therm Tashkent körgazmasida eng zamonaviy asbob-uskunalarni közdan keçiriş hamda ularni işlab çiqaruvçi korxonalarning vakillari bilan maslahatlaşiş uçun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Aytib ötiş boiski, oxirgi yillarda Aqua Therm Tashkent da qatnaşuvçi milliy korxonalarning soni keskin oşib bormoqda. Hozirda körgazma qatnaşçilarining 25 foizdan ortiğini milliy korxonalar taşkil etadi.

Özbekiston Respublikasida turli xil sohalarda işlab çiqariş jarayonlarini yangilaş, samaradorligini oşiriş hamda yangi texnologiyalarni tatbiq etiş böyiça keng işlar olib borilmoqda. Respublikamiz milliy korxonalarni qöllab-quvvatlagani tufayli, sifatli, zamonaviy, har qanday raqobatga doş bera oladigan va dunyo standartlariga butunlay mos mahsulotlar işlab çiqariş uçun hamma imkoniyatlar mavjud. Mahsuloti dunyo talablariga va standartlariga butunlay javob bera oladigan korxonalar hisobiga Royal, Akfa va Shivaki korxonalarini ham bemalol qöşiş mumkin. Aqua Therm Tashkent körgazmasida Royal quyoş suv isitgiçlari, Akfa radiatorlari hamda Shivaki sanoat konditsionerlari taqdim etilgan.

Royal quyoş suv isitgiçlari körgazma muxlislarida katta qiziqiş tuğdirişi kutilmoqda. Uşbu quyoş suv isitgiçlari muqobil energiyada işlaydi, va tabiiy energiya manbalarini tejamkorlik bilan işlatişga ulkan hissa qöşadi. Royal quyoş suv isitgiçlari Germaniya uskunalari yordamida eng yangi texnologiyalar asosida işlab çiqarilgan.













