Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida sport kuraşlari böyiça Osiyo çempionati davom etmoqda. Keça Yunon-rum kuraşi böyiça medallar uçun bahslar nihoyasiga yetdi.

Özbekiston terma jamoasi sönggi kun bahslarida -60kg vazn toifasida gilamga çiqqan Islomjon Bahromov, -67kg vaznda Mirzobek Rahmatov va -72kg vazn toifasida Aram Vardanyan Özbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medallarni keltirdi.

-97kg vaznda finalgaça yetib borgan Rustam Assakalov hal qiluvçi jangda eronlik Saidmustafo Salohzodaga qarşi gilamga çiqib, 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va kumuş medal bilan kifoyalanişga majbur böldi.

Eslatib ötamiz, keça bölib ötgan bahslarida Elmurat Tasmuradov oltin, Möminjon Abdullayev esa kumuş medalni qölga kiritgandi. Şu tariqa, yunon-rum kuraşi böyiça Özbekiston terma jamoasi Osiyo çempionatida 1ta oltin, 2ta kumuş va 3ta bronza medalini qölga kiritdilar.

Endi musobaqalar erkin kuraş turida davom ettiriladi. Bu musobaqada ham Özbekiston terma jamoasi vakillari iştirok etişi közda tutilgan.