-97 kg vazn doirasidagi ötiş bahsida Rustam Assakalov koreyalik Seong Jun Kimni mağlub etgaç, bronza medali uçun bahsda kubalik Gabriel Kindelanga qarşi gilamga çiqdi.

40 yoşli atlet bahs boşidayoq jarohat olib, turnirdagi iştirokini töxtatişga majbur böldi. U musobaqani 5-örinda yakunladi. Kubalik kuraşçi esa bronzaga ega çiqdi.

Şu tariqa, Rustam Assakalov Olimpiadadagi sönggi çiqişidan keyin oyoq kiyimini gilamda qoldirib, sportçilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Rustam Assakalov Özbekiston jamoasi tarkibida jahon çempionatlarida 1 tadan oltin va kumuş, Osiyo öyinlarida 1 tadan oltin, kumuş va bronza, qit’a birinçiliklarida esa 3 ta oltin, 2 ta kumuş va 2 ta bronza medallariga sazovor bölgan. Şuningdek, Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya öyinlarida mamlakat şarafini himoya qilgan.

-77 kg vazn toifasidagi özbekistonlik Aram Vardanyan bronza uçun ötiş bahsda jazoirlik Abdulkarim Oukalinini mağlub etgaç, medal uçun bellaşuvda armanistonlik Malxas Amoyanga qarşi qiyin bahsni ötkazdi va bir ballik farq bilan (5:6) mağlub böldi.

Vardanyan uçun ham musobaqa medalsiz yakunlandi va u turnirni 5-örinda yakunladi.

5 avgust kuni -60 kg vazn toifasida Islom Bahromov çorakfinalgaça yetib borgandi. Lekin u KXDR vakili Se Ung Riga mağlub böldi. Öz navbatida, şimoliy koreyalik sportçi yarimfinalda Xitoy vakiliga yutqazdi va Islom Bahromov bronza medali uçun kuraşiş imkoniyatidan mahrum böldi va turnirni 7-örinda yakunladi.

Şu tariqa, özbekistonlik yunon-rum kuraşçilari Olimpiadani medallarsiz yakunladi.