Mamlakatimizda ham xalqaro, xam va mahalliy turizm salohiyatini oşiriş, ayniqsa, çet ellik sayyohlarning tobora qiziqişiga sabab bölayotgan Markaziy Osiyoning noyob tarixiy-ilmiy merosi obektlari, uzoq tarixdan sözlovçi yurtimizdagi milliy me'morçilik va madaniy rivojlaniş öz aksini topgan zaminimizga taşrif buyuriş istagini bildirganlar soni kun sayin oşmoqda.
Xususan, çet ellik sayyohlar öz hayotining mazmunli vaqtini boşqa el va illatlar tarixini örganiş, bu borada taassurotlarini oşirişga juda oşiqişadi.
Qolaversa, ular xavfsiz, emin-erkin yuriş, dam oliş, sayohat qilişni istaşadi. Şunday ekan, köhna Samarqandu Buxoro, Xorazm va Şahrisabz kabi qadimiy me'morçilik yutuqlar aks etgan ansambllarga taşrif buyurar ekan, öz örnida sayyohlar ularga namunali xizmat körsatilişi, har bir sayyohning esa xavfsizligi ta'minlanişi ham ularning diqqat e'tiborida.
Yurtimizda sayyohlik va turizmni rivojiga berilayotgan e'tibor ham bundan dalolat beradi. Köhna tarix öz aksni topgan Buxoro va Samarqandda ham içki işlar organlari tomonidan “Ezgulik patruli va Xavfsiz turizmni ta'minlaş” xizmati tuzilmalari faoliyati samarali yölga quyildi.

Sönggi yillarda professional tuzilmaga aylanib, fuqarolarning işonçi yanada oşib borayotgan içki işlar tizimidagi bu işlar yurt ravnaqi, istiqboli va uning kelajagiga xizmat qilişi şubhasiz.
Bugun biz söz yuritayotgan Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi qoşida taşkil etilib, Xavfsiz turizmni ta'minlayotgan boşqarma faoliyati haqidadir. Qiziği şundaki, mazkur tuzilma safida xuşmuomalali, iltifotli, odob doirasida xizmat olib boruvçi yigit-qizlar öz vazifalariga erta tongdan, yöriqnomadan söng kirişişadi. Sayyohlar taşrif buyuriş manzillari va vaqti, ularga zarur bölgan xizmat körsatiş haqida vazifalarni olgan xodimlar özgaça, diqqat-eʼtibor tortuvçi xizmat avtomobillarida tarixiy meros obektlari, Temiryöl vokzali va Samarqand xalqaro aeroporti tomon yöl olişadi.

























