Nokia kompaniyasi Barselonada ötayotgan Mobile World Congress 2018 körgazmasida “aqlli” kurtka taqdim qildi. 

CHASE LifeTech FR deb nomlangan bu kurtka Janubiy Koreyaning kiyim-keçak brendi Kolon va Çexiyadan dasturiy ta'minot yaratiş bilan şuğullanuvçi GINA bilan birgalikda yaratilgan. Nokia kurtkani xavfsizlikni ta'minlaş va inson organizmidagi turli körsatkiçlarni me'yorida uşlab turiş uçun “birinçi yordam” gadjyeti sifatida taqdim qildi.

Kurtkaning yengi va yoqasida yurak qisqarişlari çastotasi, tana harorati, joylaşgan örin, harakat faolligini kuzatib boruvçi datçiklar joylaşgan. Ma'lum qilinişiça, zarurat bölganda uşbu datçiklarni sozlab, zarurlarini faollaştiriş mumkin.

Kurtkada yiğilgan ma'lumot maxsus bazaga jönatiladi va u yerda real vaqt rejimida qayta işlanadi. Agar biror çetlanişlar aniqlansa, kurtka bu haqda darhol bildiradi.

Ta'kidlanişiça, “aqlli” kurtka qurqaruv xizmati xodimlari, politsiyaçilar va hayot uçun xatarli kasb vakillariga juda asqatadi. Kompaniya yaqin orada kurtkaning savdoga çiqariladigan versiyasini yaratişni rejalaştirmoqda.