Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Rossiyada taqiqlangan «Smert Stalina» filmi namoyish etiladi
Toshkent shahridagi Ilhom teatri 3 martdan boshlab Rossiyadan taqiqlangan «Smert Stalina» («Stalinning o‘limi») filmini namoyish etadi. Bu haqda teatrning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Film namoyishi soat 19:00ga belgilangan.
Komediya janridagi «Stalinning o‘limi» filmi Fransiya va Buyuk Britaniya kinoijodkorlari hamkorligida, Armanlo Iannuchchi rejissyorligida suratga olindi.
Film Faben Nuri va Terri Robinning shu nomdagi komikslariga asoslangan. Uning syujyetida 1953 yil bosh kotib Stalinning o‘limidan keyingi bir necha kunlik voqealar, SSSRda hokimiyat uchun boshlangan kurash tasvirlangan.
Filmda Nikita Xrushchyov rolini amerikalik aktyor Stiv Bushemi, marshal Jukov rolini esa Garri Potterdagi roli bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan britaniyalik aktyor Jyeyson Ayzeks ijro etgan. Aktyorlar ichida faqat birgina rus aktrisasi Olga Kurilenko Stalinning pianinochisi rolida namoyon bo‘ladi.
Ma'lumot uchun, yanvar oyida ushbu film Rossiyada namoyish etilishi taqiqlangandi.
Mavzuga oid
18:58 / 11.02.2020
Ozodbek Nazarbekov: «Ilhom» teatri o‘z joyida qolishiga kelishib olindi
15:29 / 11.02.2020
«Teatrimizni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz!». Saida Mirziyoyeva «Ilhom» teatri bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi
21:23 / 10.02.2020
«Ilhom» teatridan egallab turgan binosini bo‘shatish so‘raldi
11:50 / 18.06.2019