Maktab darsliklari xorij standartlari asosida işlab çiqiladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev maktab taʼlimida yangi avlod darsliklarini joriy etiş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Qayd qilinişiça, yangi öquv adabiyotlarini tayyorlaşda xalqaro tajribaga murojaat qilindi. Boşlanğiç sinf darsliklari Finlandiya taʼlim alyansi sertifikatsiyasidan ötgan, 5-7-sinflarning matematika, fizika, kimyo va biologiya darsliklari Singapur darsliklari asosida işlab çiqilgan.
Yangi yondaşuvda öquvçining har bir sinf yakunida nimani bilişi va bajara olişi aniq belgilanadi. Taʼlim standarti, öquv dasturi, darslik va baholaş özaro boğliq holda şakllantirilib, mavzularning yoşga mosligi, izçilligi hamda bilimni amaliyotda qöllaş imkoniyatiga eʼtibor qaratiladi. 2027-yilga qadar jami 1 ming 342 nomdagi darslik va öquv-metodik materialni tayyorlaş rejalaştirilgan.
Bolaning nomusiga tekkanlik uçun umrbod qamoq jazosi taklif qilindi
Bolaga nisbatan öta oğir jinsiy jinoyatlar uçun jazoni kuçaytiriş, jumladan, 14 yoşga tölmagan bolaning nomusiga tekkanlik uçun umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini joriy etiş taklif qilindi. Şu mazmundagi qonun loyihasi 29-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.
Uşbu hujjat bilan Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş közda tutilgan.
Qayd etilişiça, loyihada bolalarga nisbatan sodir etiladigan zöravonlik va jinsiy tajovuzlar uçun jazo çoralarini kuçaytiriş, jabrlangan bolalarni huquqiy jihatdan himoya qiliş, zöravonlik holatlarining oldini oliş hamda masʼul taşkilotlar va mansabdor şaxslarning javobgarligini oşirişga qaratilgan normalar aks etadi.
Qonun kuçga kirişi uçun Senat tomonidan maʼqullanişi va prezident tomonidan imzolanişi lozim.
Köp qavatli uyni ruxsatsiz qurganlik uçun 5 yilgaça qamoq jazosi belgilanadi
Quriliş inspeksiyasining ruxsatnomasisiz köp qavatli uyni qurganlik uçun javobgarlik kuçaytirilmoqda. Bu prezident tomonidan 28-sentabr kuni imzolagan qonunda nazarda tutilgan.
«Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida»gi qonunga kiritilgan özgarişlarga köra, quriliş-montaj işlarini boşlaş uçun Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş hududiy inspeksiyasidan ruxsat oliş talab etiladi.
Inspeksiya ruxsatnomasisiz köp kvartirali uyni qurganlik uçun fuqaroga BHM 400 baravari (176 million söm), mansabdor şaxsga esa 450 baravari (198 million söm) miqdorida jarima belgilanadi. Agar qonunbuzarlik maʼmuriy jazo qöllangandan keyin takror sodir etilsa, 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanadi.
Bundan taşqari, şaharsozlik töğrisidagi qonunçilikni buziş insonning ölimiga yoki boşqa oğir oqibatlarga olib kelsa, 5 yildan 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Qaşqadaryoda maktab öquvçilari ğöza defoliatsiyasidan zaharlandi
Ğuzor tumanida maktab öquvçilari ğöza defoliatsiyasidan zaharlandi. Içki işlar vazirligi bergan axborotga köra, 23-sentabr kuni 51-son umumiy örta taʼlim maktabining 22 nafar öquvçisi köngil aynişi va boş oğriği kabi alomatlar bilan tuman tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan.
Örganişlar natijasida aniqlanişiça, maktab binosiga yaqin yerlarda fermer xöjaligi dalaga «Agro Augron» nomli dori vositasini sepgan. Buning oqibatida 10–11-sinflarning 22 nafar öquvçisi havo orqali zaharlanganlik alomatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 201-moddasi 1-qismi (zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada böliş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
2027-yildan pensiya tayinlaş xizmati interaktiv va proaktiv şaklga ötkaziladi
2027-yil 1-yanvargaça pensiya taʼminotiga oid xizmatlar töliq interaktiv va proaktiv şaklga ötkaziladi. Yaʼni bunda fuqarolardan heç qanday hujjat talab etilmaydi. Bu haqda «Davlat pensiya taʼminotiga oid zamonaviy xizmatlarni joriy etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida» prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, pensiya taʼminotiga oid ayrim xizmatlar fuqarolarning alohida murojaatisiz proaktiv şaklda körsatiladi. Xususan, 2026-yil 1-noyabrdan işlar hajmining qisqarişi yoki korxonaning tugatilişi sababli işsiz deb topilgan şaxslarga umumiy belgilangan yoşdan ikki yil avval yoşga doir pensiya tayinlanadi.
Şuningdek, 2027-yildan «Mening pensiyam» onlayn xizmati orqali pensiya yoşiga bir yil qolgan fuqarolarni oldindan xabardor qiliş imkoniyati yaratiladi.











