Bugun, 2019 yil 26 iyun kuni, jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi, Yunusobod tuman sudi binosida, Özbekiston Respublikasining sobiq Boş prokurori Raşid Qodirov va boşqalarga oid (jami 13 nafar şaxs) jinoyat işi böyiça ayblov hukmi e'lon qilindi.
Sud hukmi bilan, 2000-2015 yillarda prokuratura va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralarda katta lavozimlarda işlagan Mirağlam Mirzayev, Jamşid Fayziyev, Uluğbek Sunnatov, Ramazon Pölatov, Aziz Musaşayxov, Uluğbek Xurramov, Yusuf Ğoipov, Abduraşid Mirzayev, Muhabbat Mirzayeva, fuqarolar S. Kosimov, A. Ikramov va X. Axmedjanov bilan özaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bölib pora oliş (Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining «a» bandi), pora berişga dalolat qiliş (JK 28,211-moddasi 3-qismining «a» bandi), firibgarlik (JK 168-moddasi 3-qismining «a» bandi), soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş (JK 184-moddasining 3-qismi), tergov qilişga va sud işlarini hal etişga aralaşiş (JK 236-moddasining 2-qismi), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş (JKning 243-moddasi) kabi, hokimiyat, boşqaruv va jamoat birlaşmalari organlarining faoliyat tartibiga qarşi bir qator oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.
Qariyb olti oy davom etgan, Özbekiston Respublikasi JPK (jinoyat-protsessual kodeks)ning 19-moddasi, şuningdek «Davlat sirlari töğrisida»gi Qonuni talablariga muvofiq, yopiq tarzda ötkazilgan sud tergovi jarayonida barça sudlanuvçilarning körsatuvlari birma-bir atrofliça tekşirildi, 200ga yaqin guvohlarning körsatuvlari tinglanib, iş böyiça ötkazilgan ekspertiza va xizmat tekşiruvlari xulosalari, şuningdek jinoyat işida töplangan dalillar, ularning qonuniyligi va asosliligi nuqtai nazaridan taftiş qilindi.
Sudning hukmi bilan aybli deb topilgan jinoyatlari uçun sobiq boş prokurorning sobiq örinbosari Uluğbek Sunnatov 19 yilga, MXXning (hozirgi DXX) Toşkent şahar boşqarmasi huzuridagi Terrorizm va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölinmasi sobiq boşliği Abduraşid Mirzayev 15 yilga, Boş prokuratura huzuridagi Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi boşliğining sobiq örinbosari Uluğbek Xurramov 14 yilga, Toşkent viloyatining sobiq prokurori Jamşid Fayziyev 13 yilga, Toşkent şahar prokuraturasining korrupsiyaga qarşi kuraş boşqarmasining sobiq boşliği

















