Saudiya Arabistoni hukumati mamlakat tarixida birinçi ayollar marafonini ötkazişga ruxsat berdi, u 2018 yilning aprel oyida Makka şahridagi yopiq inşootda bölib ötadi, deb xabar qilmoqda TASS.
«Biz birinçi marafonda köproq ayollar iştirok etişi uçun qölimizdan kelgan barçasini qilamiz. Bu juda katta mas'uliyat», - deya ma'lum qildi marafon bölib ötadigan inşootga egalik qiluvçi «Al-Vahda» klubi prezidenti Ahmad Tayib.
Ta'kidlanişiça, marafonda yoşi 18 dan katta bölgan ayollar iştirok etişi mumkin. Ğolib va sovrindorlarga sovğalar topşiriladi.
Oçiq osmon ostida birinçi tölaqonli ayollar marafoni 2019 yilda bölib ötadi.












