Bugun ÖFA konferens-zalida Oliy liga ayollar klublarining boş murabbiylari va terma jamoa rahbarlari örtasida yiğiliş ötkazildi.
Kun mavzusida 2018 yilda OFK miqyosida turli musobaqalarda iştirok etuvçi terma jamoalarning boş murabbiylarini tayinlaş masalasi körib çiqildi.
Özbekiston ayollar futzal terma jamoasining boş murabbiyi qilib Vladislav Xan tayinlandi. Terma jamoa 2-12 may kunlari Osiyo çempionatida iştirok etadi.
Özbekiston ayollar futbol terma jamoasi boş murabbiyi qilib Bahrom Norsafarov tayinlandi.
Özbekiston U-19 yoşlar terma jamoasiga Karima Yuldaşeva boş murabbiy qilib tayinlandi.
Özbekiston U-16 ösmirlar terma jamoasiga Ilxom Xanjariyev boş murabbiy qilib tayinlandi.













