6 mart oqşomida «PSJ» «Real»ga öz maydonida ham yutqazdi va Çempionlar ligasining pley-offida birinçi bosqiçdanoq çiqib ketdi. Transferlar uçun millionlab yevro sarflagan jamoa Zidan boşçiligidagi yulduzlarga qarşi çora topa olmadi. Kriştianu turnirda qatorasiga töqqizinçi öyinda gol urdi va van Nistelroyning rekordini takrorladi.

«PSJ» - «Real» - 1:2 (0:0)
Gollar: Kriştianu Ronaldu, 51 (0:1). Kavani, 71 (1:1). Kazemiru, 80 (1:2).  
«PSJ» (Parij): Areola, Dani Alves, Markinyus, Tiagu Silva, Berçiçe, Verratti, Tiagu Motta (Pastore, 59), Rabo, Di Mariya (Draksler, 76), Kavani, Mbappe (Diarra, 85).
«Real» (Madrid): Navas, Karvaxal, Serxio Ramos, Varan, Marselu, Vaskes, Kazemiro, Kovaçiç (Kroos, 71), Asensio (Isko, 82), Benzema (Beyl, 76), Kriştianu Ronaldu.
Ogohlantirişlar: Verratti, 20. Kovaçiç, 32. Serxio Ramos, 78. Kavani, 84.  
Çetlatiş: Verratti, 66 (ikkinçi sariq kartoçka).  
Hakam: Brix (Germaniya).
6 mart. Parij. «Park de Prens» stadioni.
Birinçi öyin - 1:3.

Bebaho orzu
Yozda şarqdan esgan issiq şamol «Barselona»ning transfer rejalarini barbod qildi va bu şamol ortga Neymar bilan qaytdi. 222 million yevro evaziga xarid qilingan braziliyalik futbolçi parijliklar tojining eng tepasida porlaşi kerak edi, qatarlik şayxlar bir neça yildan buyon Çempionlar Ligasida ğolib çiqişni orzu qilmoqda. Ular qimmatbaho toşlar uçun pullarni ayamayapti, Neymardan taşqari boşqa futbolçilar ham sotib olindi, yozgi transferlarga jami 418 million yevro sarflandi (Mbappe uçun 180 mln şu yil yozida tölanadi). Sayqallaş işlari a'lo darajada olib borildi, endi toj kiydiriş marosimini ötkaziş qolgandi.

Olmosning yöqolişi


Jamoa Çempionlar ligasi nimçorak finaliga yetib keldi. Lekin «Qirollik klubi» turganida «Şahzodalar xiyoboni» («PSJ» stadioni) mezbonlariga kim toj kiydirardi? Parijliklarning guruh bosqiçidagi öyinlari hisobmas. «Real» bilan öyingaça bölgan bosqiç - tayyorlaniş edi, bu öyinlar simulyatordagi öyinlarga öxşardi. Agar Madriddagi öyinda ğalaba saqlab qolinganida parijliklar orzu sari yana bir qadam taşlagan bölardi, agar Parijda kerakli hisobda ğalaba qozonilganida bu qadam baribir taşlangan bölardi. Ammo eng kerakli vaqtda «Şoh» olmos tojdan sirğalib tuşdi - bir hafta muqaddam Neymar tovonini jarohatlab oldi va 2 oyga safdan çiqdi.