Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda teraktlar sodir etishni rejalashtirgan jinoiy guruh a'zolari yo‘q qilindi
Ozarboyjon shimolida o‘tkazilgan terrorchilikka qarshi maxsus amaliyot davomida respublikada teraktlar sodir etishni rejalashtirgan jangarilar yo‘q qilindi. Bu haqda RIA Novosti Ozarboyjon Davlat xavfsizlik xizmatiga asosan xabar bermoqda.
«Tezkor tadbirlar natijasida, Ozarboyjon fuqarosi Sobir Arullo o‘g‘li Mamedov boshchiligidagi «Xachmaz jamoati» terrorchilik guruhi aniqlandi va uning faoliyatiga chek qo‘yildi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, guruh faollari Sobir Arullo o‘g‘li Mamedov va Tarlon Safar o‘g‘li Salimov qo‘lga olish chog‘ida Davlat xavfsizlik xizmati tezkor guruhiga quroldan foydalangan holda qarshilik ko‘rsatgan hamda yo‘q qilingan.
Shuningdek, hodisa yuz bergan joydan portlovchi qurilmalar, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar topilgan.
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
22:08 / 18.05.2026