Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Qozog‘istonga avtobuslar tashuvini yo‘lga qo‘yadigan maxsus kompaniya tashkil etiladi
O‘zbekistonda yo‘lovchilarni, birinchi navbatda, Rossiya va Qozog‘istonga tashish bo‘yicha xalqaro avtobus yo‘nalishlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan kompaniya paydo bo‘ladi. Bu prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, xorijga ishlash uchun chiqayotgan fuqarolarning ko‘pchiligi «mustaqil ravishda, qo‘shni davlatlar avtotransport vositalari»da yo‘l olib, o‘zlarini «yo‘lda jiddiy xavf-xatarlarga» qo‘yishmoqda. O‘zbekistonda xalqaro reyslarni amalga oshiradigan avtotransport yo‘lovchi tashuvchilar deyarli mavjud emasligi aytiladi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston bilan chegaraoldi hududida qo‘shni davlat tashuvchilari tomonidan amalga oshirilayotgan avtotashuvlar «O‘zbekiston temir yo‘llari» va «O‘zbekiston havo yo‘llari» tariflari narxlaridan 2,5-4 barobarga arzonroq.
Ixtisoslashgan kompaniya O‘zbekiston Avtomobil va daryo transport agentligining 51 foiz va Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy bankining 49 foiz miqdoridagi ulushi bilan tashkil etilmoqda.
Aytilishicha, joriy yildayoq kompaniya tomonidan kamida 100 ta yo‘lovchi avtobusi xarid qilinishi lozim. Ular xalqaro yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli talablarga javob berishi kerak. Keyinchalik avtoparkni O‘zbekiston davlat kafolati ostida xorijiy banklar qayta moliyalashtirish kreditlari hisobidan oshirish mo‘ljallangan. Milliy bank yetti yillik muddatga 20 mln dollar miqdorida kredit liniyasini ochib beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” va "O‘zbekiston havo yo‘llari” ishlash uchun xorijga chiqayotgan fuqarolarga chegirmalar taqdim etishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
17:13 / 29.04.2026