O‘zbekiston | 00:45 / 07.03.2018
8497
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati hokimligi delegatsiyasi Tatariston Respublikasida bo‘lib qaytdi

Toshkent viloyati hokimi G‘.Ibragimov rahbarligidagi Toshkent viloyati delegatsiyasi joriy yilning 1–3 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi, deb xabar beradi Kun.uz’ga viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Delegatsiya o‘z tashrifini dastlab Tatariston Respublikasining Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tashrifdan boshladi. Tatariston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari N.Titov O‘zbekistonning iqtisodiy sohalarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari haqida gapirib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, mamlakatning bu boradagi eksport imkoniyatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan samarali chora-tadbirlarga yuqori baho berdi.

Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati

Viloyat hokimi G‘.Ibragimov turizm yo‘nalishida Qozon Federal Universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik bir guruh talabalar bilan suhbatlashib ularni o‘qishlari va yashash sharoitlari bilan qiziqdi. O‘zbekiston Rahbariyati ularga katta ishonch bildirishi va o‘qishni muvofaqqiyat bilan bitkazib vatanga yorug‘ yuz bilan qaytishlariga umid bildirdi.

Arzon aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilsa, Tataristondan har yili 7–10 ming sayyohni Toshkent viloyatiga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida gapirildi.

Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati

Delegatsiya tashrif davomida shuningdek, Tatariston xalqlari assambleyasi tomonidan tashkil etilgan Do‘stlik uyiga, Qozon Federal universitetiga hamda Tatariston Respublikasi yoshlar va sport vazirligiga tashrif buyurishdi.

Viloyat hokimi G‘.Ibragimov Tatariston Respublikasi Prezidenti R.Minnixanov bilan uchrashib, hamkorlik masalalarini yuqori darajada kelishib olindi va undan so‘ng yangi tashkil etilgan Agropark faoliyati bilan tanishildi.

Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati

Delegatsiya a'zolari 131 gektar maydonda tashkil etilgan «Ximgrad» sanoat zonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni va sanoat zonasida investorlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar. Verxneuslonsk tumanida barpo etilgan Innopolis shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Innopolis shahrining tarixi, infrastrukturasi, aholi kontingenti, uning ijtimoiy soha obektlari va kadrlar tayyorlash tizimi haqida batafsil ma'lumot berildi.

Delegatsiya a'zolari tomonidan Toshkent viloyati va uning hududida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislarni ushbu ta'lim markazida kontrakt asosida o‘qitish bo‘yicha qiziqish bildirildi.

Mavzuga oid