Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston elektr energiyasi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida hukumatlararo komissiya majlisi bayonnonomasi bandlarini bajarish bo‘yicha ishchi komissiya yig‘ilishi davomida Tojikiston Respublikasi Energetika va suv xo‘jaligi vazirligi bilan Tojikistondan O‘zbekiston Respublikasiga 2018 yil vegetatsiya davrida o‘zaro foydali texnik-iqtisodiy shartlar bo‘yicha 1,5 mlrd. kVt∙soatgacha bo‘lgan miqdorda elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Bu haqda «O‘zbekenergo» axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Tojikistondan O‘zbekistonga 2018/2019 yillarning qishki mavsumda elektr energiyasini yetkazib berish qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Asia-Plus agentligi Tojikistonning «Barki Tochik» xolding kompaniyasi rahbari Mirzo Ismoilzoda Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha texnik qiyinchilik borligi haqida ma'lum qilganini yozgandi. Ismoilzodaning ta'kidlashicha, mamlakatlar o‘rtasida imzolangan kelishuv yoz mavsumida O‘zbekistonga 1,5 milliard kilovatt-soat hajmda elektr energiyasi yetkazib berishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, u muzokaralar davom etishi va muammolar texnik jihatdan mavjudligi hamda hozirgi paytda mutaxassislar tomonidan hal qilinayotganligini ta'kidlab o‘tgandi. Nashrning yozishicha, muammo shundaki, 2009 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yagona energetik halqadan chiqib, Tojikiston va Turkmaniston, Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston o‘rtasidagi elektr uzatish liniyalarini olib tashladi. Ayni paytda elektr uzatish liniyalarini tiklash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish kerak.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026