Jom nafaqat Samarqand viloyati, balki respublikamizning eng qadimiy, yirik aholi maskanlaridan biri hisoblanadi. Jom haqidagi ma'lumotlar Makedoniyalik Iskandar yurtimizga bostirib kelgan çoğlardagi bitiklarda esga olinadi.
Bugungi kunda Nurobod tumanidagi Jom qişloği atrofidagi mahallalarda 32 mingga yaqin aholi istiqomat qilmoqda.

Samarqand viloyat hokimligi yurtimizda boşlangan «Obod qişloq» dasturi doirasida Jom qişloğini obod maskanga aylantiriş taşabbusi bilan çiqdi.
Viloyat hokimligining işçi guruhi mazkur hududning infratuzilmasi, ijtimoiy soha obektlari va aholi xonadonlarining holatini örganib, xalq bilan muloqot uyuştirdi. Qişloqda mavjud muammolarni örgandi. Şu asosda dastur tuzilib, Jom va Girdiqörğon qişloqlarini obod maskanga aylantiriş böyiça loyihalar işlab çiqildi.
Kuni-keça Jom qişloğida uşbu loyihalarning taqdimoti ötkazilib, amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar belgilab olindi.
Unda viloyat hokimi Turobjon Jörayev hamda barça sektorlar rahbarlari, tuman, şaharlar hokimlari va ularning örinbosarlari, viloyatdagi boşqarma, idoralar, jamoat taşkilotlari boşliqlari iştirok etdi.

Dastur asosida ikki qişloqda zamonaviy mahalla markazlari, istirohat boği, xotira maydoni, yozgi amfiteatr, ikkita maktabgaça ta'lim muassasasi quriladi.
Jom bozori zamonaviy arxitektura talablari böyiça rekonstruksiya qilinadi. Ta'lim va tibbiyot muassasalari, aholi xonadonlari ta'mirlanadi. Aholini toza içimlik suvi, suyultirilgan gaz bilan ta'minlaş, qişloqda elektr ta'minotini yaxşilaş, yöllarni ta'mirlaş yuzasidan zarur çora-tadbirlar köriladi.
Jumladan, Jom bozori zamonaviy arxitektura talablari böyiça rekonstruksiya qilinadi. Qişloq hududidagi 5,4 kilometr yölga asfalt yotqiziladi, 22 kilometr içki yöllarga qum-şağal tökilib, tekislanadi. Hozirda yöl qurilişi korxonalari tomonidan zarur texnika vositalari va işçi kuçi jalb etilib, bu işlar boşlab yuborildi.














