8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Özekspomarkaz»da tantanali bayram tadbiri bölib ötdi.

Tadbirda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, mamlakat xotin-qizlarini bayram bilan tabrikladi.

«Bu qutluğ ayyomda hurmatli ayollarimizga eng samimiy, eng ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, birinçi navbatda muqaddas va mö'tabar Ona siymosiga ta'zim qilamiz. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va körki bölgan xotin-qizlarni e'zozlaş, ularga hurmat va ehtirom körsatiş xalqimiz uçun azal-azaldan buyuk qadriyat bölib kelgan va şunday bölib qoladi. Çunki sizlar bilan hayotimiz gözal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafşondir, — dedi Prezident. — Mening tilagim, mening maqsadim bitta — oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamişa soğ-omon bölinglar! Nega deganda, ayollarimizning baxti — xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir».

Davlat rahbarining 2 martdagi qaroriga muvofiq bu yil yangi tartib asosida 28 nafar faol qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Tadbirda ana şu mukofot tantanali ravişda topşirildi.

Bundan taşqari, 7 mart kuni Prezident ayollar, opa-singillarga quvonç ulaşgan yana bir hujjat — «8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlaş töğrisida»gi farmonga imzo çekdi. Işlab çiqariş tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta'lim-tarbiya, soğliqni saqlaş, madaniyat, san'at va boşqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi.

Tadbirga mamlakatda faoliyat yuritayotgan diplomat ayollar, jumladan, BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari, AQŞ, Xitoy, Fransiya, Misr elçilarining ham taklif qilindi.