Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi mahalliy hokimliklar va turistik taşkilotlar bilan hamkorlikda mamlakat aholisi uçun turlar taşkil qilişga faol bel boğladi. 

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmatçisining xabar berişiça, fevral oyi oxirlarida 43 kişidan iborat Qöşköpir kasaba uyuşmasi a'zolari hamda Xozarasp tumani hokimligining 26 vakili uçun Qoraqalpoğiston Respublikasiga sayohat taşkil etildi. Mehmonlar öz turlarini Sulton Uvays bobo kompleksiga taşrif buyurişdan boşlaşdi. Şuningdek ular Nukusdagi  Savitskiy muzeyi va Mazdakxon majmuiga borişdi. Mehmonlarning respublikaga taşrifiga bayramona ruh bağişlaş maqsadida madaniy tadbirlar ham taşkillaştirildi.

Bundan taşqari, kam ta'minlangan oilalar farzandlari uçun Xivaga sayohat taşkil qilindi. Xivaga taşrif davomida bolalar şaharning diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanişişdi. Kalta Minor, Içan-qal'a, Juma masjidi, Olloqulixon, Muhammad Rahimxon, Şerğozixon madrasalari, Pahlavon Mahmud memoriali, "Toş hovli" saroyi şular jumlasidandir.

Mazkur sayohatdan asosiy maqsad ulğayib kelayotgan avlodni mamlakat tarixi, milliy qadriyatlar hamda Xorazm viloyatidagi turizm sanoati bilan taniştiriş bölgan.

Qömita ma'lumotlariga köra, fevral oyi oxirida Xorazm viloyatiga şuningdek Olmaliq toğ-kon metallurgiya zavodining 80 nafar işçisidan iborat guruh taşrif buyurgan. Ular ham viloyatning tarixiy maskanlarini sayohat qilişgan hamda Prezident taşabbusi bilan restavratsiya qilingan "Nurullaboy" kompleksi bilan tanişişgan.

Sayyohlar viloyatga taşriflari davomida Xorazm folklor ansambli çiqişlaridan ham baxramand bölişdi hamda milliy taomlardan tatib körişdi. 

Bahorning ilk kunlarida Buxoro viloyati maktabgaça ta'lim muassasalarining 150 nafar mutaxassisi uçun Samarqand viloyatining tarixiy maskanlariga sayohat taşkillaştirildi. 

Buxoro viloyatining turistik kompaniyasi tomonidan taşkil qilingan sayohat davomida sayyohlar Imom al-Buxoriy majmuasi, Registon maydoni, Islom Karimov nomli memorial kompleks va viloyatning boşqa diqqatga sazovor maskanlariga taşrif buyurişdi va ularning quriliş tarixiga doir ma'lumotlarni ham olişga muvaffaq bölişdi.

"Özbekiston böylab sayohat qil!" şiori ostida Buxoroga sayohat kölami kundan-kunga kengayib bormoqda. Buxoro viloyat hokimligi va Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan işlab çiqilgan dastur asosida 207 kişidan iborat guruhning Buxoroning tarixiy qismi "Yetti pir"ga taşrifi amalga oşirildi. 

Sayohat Xöja Abduxoliq Ğijduvoniy majmuasidan boşlanib, Xoja Bahouddin Naqşband maqbarasiga taşrif bilan yakunlandi. Şu bilan birga Romiton tumani restoranida tuşlik, keyin esa Buxoro şahrining ajoyib restoranida keçki ovqat taşkillaştirildi. Bundan taşqari, musiqiy va madaniy tadbirlar bilan mehmonlar kayfiyati yanada kötarildi.

Jamoaga 26 kişidan iborat toşkentlik mehmonlar ham kelib qöşilişdi. Ular birgalikda Toqi Zargaron savdo majmui hamda "Muallaq darveş" tomonlarga sayohat qilişdi va esdalik uçun suratlarga tuşişdi.