AQŞning McDonald's tamaddixonalari tarmoği 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan öz tarixida ilk bor logotipini özgartirdi. Kompaniya öz logotipidagi “M” harfini aylantirib, “W” harfini hosil qildi. Bu esa inglizça women – ayollar sözini bildiradi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

7 mart kuni logotip Kaliforniyadagi bitta tamaddixonada özgartirilgan. 8 mart kuni esa logotip tarmoqning sayti va mobil dasturlarida ham özgartiriladi. Bundan taşqari, tarmoqning 100 ga yaqin şoxobçasida ham logotip özgaça köriniş oladi.
McDonald's rahbariyati vakili Uendi Lyuisning aytişiça, bunday qaror “butun dunyodagi ayollar erişgan yutuqlar şarafiga” qabul qilingan. Kompaniya bayonotida ta'kidlanişiça, tarmoqning AQŞdagi 10 nafar menejyeridan 6 nafari ayol kişilardir.
Oxirgi yillar köplab kompaniyalar 8 martga bağişlab biror reklama kampaniyasini ötkazişga intilib kelişadi, ular şu tariqa özlarining gender tenglik siyosatiga sodiqliklarini ifodalaşadi.











