Yevropa Ittifoqi kengaşi 8 mart kuni ilk bor ayol kişini Yevropa politsiyasi – Yevropolning ijroçi direktori etib tayinladi. Bryusselda 8 mart kuni ötgan Yevropa Ittifoqining içki işlar va adliya kengaşining yiğilişida qabul qilingan qarorga köra, bu lavozimni Belgiya federal politsiyasi boş komissari Katrin de Boll egallagan.

“Mening bu lavozimdagi asosiy vazifam agentlikka işonç va uning işi samaradorligini oşirişdan iborat böladi”, deb aytgan de Boll yangi lavozimga tayinlangandan keyin.

U öz vazifalarini bajarişga 1 maydan kirişadi va Rob Ueynrayt örnini egallaydi. Yevropol rahbari 4 yillik muddatga tayinlanadi.

48 yoşli Katrin de Boll ixtisosligi böyiça huquqşunos bölib, dastlab jandarmeriya, söngra kriminal politsiya zobiti bölgan. U Belgiya federal politsiyasini 2012 yildan boşqarib kelgan va bu lavozimga tayinlangan ilk ayol bölgan.