Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aloqa xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur qaror bilan qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya tomonidan xizmat ko‘rsatish sifati buzilganligi uchun ko‘rsatkichlarning yagona tizimi bo‘yicha hisoblanadi,
Masalan, endilikda mobil aloqa tarmog‘i uchun ma'lumotlar uzatish tezligining o‘rtacha qiymatiga rioya qilmaslik, har bir normativdan ortiq holat uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026