Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkekda 1 tonnalik beshbarmoq uchun 8 bosh ot so‘yildi va 12 ta qozon o‘rnatildi
Foto: AKIpress
Qirg‘izistonda Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi mumkin bo‘lgan 1 tonnalik beshbarmoqni tayyorlash uchun 8 bosh ot so‘yildi. Bu haqda «Qirg‘iz tilekteshtigi» jamiyatidan xabar berishgan.
Tadbir tashkilotchilaridan biri Jamolbek Irsaliyevning so‘zlariga ko‘ra, tayyorgarlik jarayoni 9 martda boshlangan. «Hammasi bo‘lib 8 bosh ot so‘yildi. Bugun sig‘imi 150 litr bo‘lgan 12 ta qozon (to‘y qozon) o‘rnatildi. 1480 kilogramm go‘sht pishirilmoqda. 110 metrlik chuchuk ertangi kungacha tayyor bo‘ladi. Beshbarmoq uchun xamir joyida tayyorlanadi», - deya aytib o‘tdi u.
Bishkekda Ginnes rekordlar kitobiga kirish uchun 1000 kilogrammlik beshbarmoq tayyorlanadi
Uning qo‘shimcha qilishicha, Bishkek shahri hokimiyati tadbir bo‘lib o‘tadigan joyni to‘sib qo‘ygan.
Mavzuga oid
10:10 / 28.11.2025
Bishkekda Putin tashrifi oldidan Ukraina elchixonasi ulkan LED-ekran ortiga “bekitildi”
19:48 / 27.11.2025
Germaniyadagi eng pakana ot Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
22:26 / 11.10.2025
Qirg‘izistonda poytaxtni ko‘chirish haqida gapirildi
15:25 / 12.09.2025