Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkekda Ginnes rekordlar kitobiga kirish uchun 1000 kilogrammlik beshbarmoq tayyorlanadi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi Ala-Too maydonida 4 mart kuni «Men qirg‘izman» birinchi festivali bo‘lib o‘tadi, u Oq qalpoq kuniga bag‘ishlanadi. Bu haqda «Qirg‘iz tilekteshtigi» jamoat birlashmasidan ma'lum qilishgan.
Festival dasturiga milliy kiyimlardagi 200 kishi ishtirokida bo‘lib o‘tadigan bayramona parad ham kiritilgan.
Shuningdek, Qirg‘iziston barcha qabilalarining 40 vakili Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi rejalashtirilgan 1000 kg beshbarmoq milliy taomini tayyorlash bo‘yicha tadbirda ishtirok etadi.
Kutilishicha, tadbirga mamlakat bosh vaziri, Jogorku Kenesh spikeri, Bishkek shahri hokimi va elchilar tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026