The Next Web ijtimoiy media direktori Mett Navarra kafe egalarining Facebook brendi nomidan foydalanayotganiga e'tibor qaratdi. Vc.ru tahririyati kafe faoliyatini yo‘lga qo‘yishda Starbucks, Burger King va KFC va boshqa mashhur brendlar imitatsiyalari namunalarini to‘pladi.

Facebook

2012 yilning noyabrida Kardiff (Buyuk Britaniya)da Facefood kafesi ochildi. Inshoot asoschisi Samir Bugachi Facebook unga savdo markasidan foydalanish bo‘yicha e'tiroz bildira olmaydi, deb hisoblaydi.

Foto: Facefood kafesi menyusi

"Men Facebook'dan bir so‘zni ham o‘g‘irlaganim yo‘q, shunday ekan e'tirozga o‘rin yo‘q".

Samir Bugachi, Facefood egasi

Bugachining so‘zlariga ko‘ra, Facebook vakillari u bilan bog‘lanishmagan.

Facefood — Facebook uslubidan ko‘chiruvchi Buyuk Britaniyadagi yagona inshoot emas. Belfastda 2013 yildan buyon Fishbook kafelar tarmog‘i ham faoliyat yuritadi.

Foto: Instagram/fishbook_belfast 

Starbucks

2014 yilda Los-Anjyelesda komik Neten Filder Dumb Starbucks qahvaxonasini ochdi. Filder original Starbucks logosi va rangini qo‘lladi, lekin inshoot nomiga «dumb» so‘zini qo‘shdi.

Foto: Starbucks qahvaxonasi 

"Har qanday kichik biznes ham inshoot ijarasi uchun imkon topa olmaydi, men hazillashib kichik kafe ochishga harakat qilib ko‘rsammikan deb o‘ylab qoldim".

Neten Filder, Dumb Starbucks asoschisi

Starbucks vakillari Filderning kafesi ochilishiga turlicha yondashishdi: "Hazil bizga ham yoqadi, biroq hech kimga bizning savdo markamizdan foydalanish huquqi berilmagan".