Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pxenyan aniq choralar ko‘rmaguncha AQSh va Shimoliy Koreya sammiti bo‘lmaydi – Oq uy
Pxenyan yadroviy ishlanmalarini to‘xtatish uchun aniq choralar ko‘rmaguncha AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In uchrashuvi bo‘lmaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi.
“Shimoliy Koreyaning so‘zlariga muvofiq aniq harakatlarini ko‘rmagunimizcha, bu uchrashuv bo‘lmaydi”, deb aytgan Sanders. Uning aytishicha, Vashington Pxenyandan Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirish bo‘yicha “aniq harakatlar”, va'dalar bajarilishini kutib qoladi. Sandersning ta'kidlashicha, Tramp AQSh “bu borada muayyan taraqqiyotga erisha olishiga” umid qilmoqda.
“Maksimal bosim o‘tkazish bo‘yicha kampaniya ko‘rinishicha samarali bo‘ldi”, deb aytgan Sanders. U ikki yetakchi uchrashuvi o‘tadigan joy va sana hali aniqlashtirilmagani qo‘shimcha qilgan.
Shimoliy Koreya, AQSh
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026