Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Duşanbe şahrida oçilgan mamlakatimiz sanoat korxonalari milliy körgazma-yarmarkasiga taşrif buyurdi. 

Prezident matbuot xizmati bergan xabarga köra, dastlab bu yerda «Ğalaba – Amuzang – Xuşadi» temir yöl tarmoğining rasmiy oçiliş marosimi böldi. Prezidentlar poyezd harakatini boşlaş uçun ramziy tugmani bosişgan 

Şundan söng Şavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulotlar bilan tanişişgan. 

Körgazma ikki qismda taşkil etilgan. 1500 metr kvadrat yopiq manejda «Özeltexsanoat», «Özkimyosanoat»,  «Öztöqimaçiliksanoat», «Özbekipaksanoat», «Özbekçarmpoyabzali», «Özbekneftegaz», «Özfarmsanoat», «Özqurilişmateriallari», «Özbekoziqovqatxolding», «Özşarobsanoat», «Özmetkombinat» kabi yirik kompaniya va assotsiatsiyalar mahsulotlari namoyiş etilmoqda.

500 metr kvadrat oçiq maydonda avtomobillar, qişloq xöjaligi texnikalari, yuk maşinalari, avtobuslar va boşqa mahsulotlar körgazmaga qöyilgan. 

«Mamlakatimizda işlab çiqarilgan mahsulotlar Tojikiston Prezidentida katta taassurot qoldirdi. Ularning sifati va narxi barçaga ma'qul bölişini ta'kidladi. Körgazma-yarmarkani yana köproq vaqt davom ettiriş, Özbekiston mahsulotlarini sotiş va hamkorlikda işlab çiqariş böyiça körsatmalar berildi», deyilgan xabarda.