Fitnaning ulkan gunoh ekanligi, bu orqali köplab musibatlar kelişi haqida olimlar tomonidan köp gapirilgan, bu haqda maqolalar, asarlar yozilgan. Odamning Alloh qahriga uçrab, jannatdan quvilişiga ham şayton tomonidan qilingan fitna sabab böldi. Fitna şunday baloki, uning asosi, uning aniq dalillari bölmaydi. Barça gaplar, voqeliklar notöğri talqin etiladi, notöğri asosga taqaladi. Fitna balosi nafaqat bir oilani, balki butun jamiyatni, davlatni xonavayron qiluvçi kuçga ega. Rasululloh (s.a.v)dan kelgan bir hadisda şunday deyiladi: “Fitna uxlab yotuvçidir, uni uyğotganga Allohning la'nati bölsin”.

Toşkent şahrining Yunusobod tumanida joylaşgan “Mirzo Yusuf” jome masjidi imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy tomonidan bundan bir neça kun muqaddam “Oilada ayolning vazifasi” mavzusida juma mav'izasi bölgan edi. Unda möminning oilasiga, ayoliga hatto xayolan ham xiyonat qilişi mumkin emasligi, xayolan ham zino haqda öylaşi gunoh ekanligi borasida söz boradi. Uşbu holatlar turli misollar orqali keltirib ötiladi. Ammo xorijdagi ayrim ommaviy axborot vositalari bu amri-ma'rufga nisbatan öz fikrlarini bildirib, maqola e'lon qilib, notöğri talqin etganlari ma'lum böldi. Buning oqibatida özbek internet foydalanuvçilari orasida bu holat keng muhokamaga sabab böldi. Örtada fitna çiqdi. Xöş, aslida nima bölgan edi? Bu holatga Sayyid Rahmatulloh Termiziy öz munosabatini bildirib, uşbu voqeliklarni keskin tanqidga olib, aniq dalil va gaplarga asoslangan raddiya e'lon qildi. Quyida ana şu raddiya mazmuni bilan tanişişingiz mumkin.


Bu bayonotni berişga majbur böldik. Bermasak bölmaydi, çunki ötgan jumada aytgan gaplarimizdan beri internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzu qaynayapti. Bu gaplar töğri aytilgan edi, töğri gaplar edi, u yerda muhabbatning sofligi haqida, turmuş örtoğiga hatto xayolda ham xiyonat qiliş mumkin emasligi haqida aytilgan edi. “Mömin-musulmon odam jismoniy xiyonat u yoqda tursin, hatto xayolda ham xiyonat qilmaydi”, degan ma'nodagi gap edi. 

Bu gapni davom ettirişdan avval men sizlarga şonli tariximizdan bir lavhani köz oldingizga keltirib qöymoqçiman. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir qöşin bilan ğazotdan qaytayotgan edilar. Qöşin yölda ketayotib, biron joyda töxtab, tunab qolsa, ertasi kuni qöşin jönab ketgaç, öşa yerda qolib ketgan narsalarni yiğiştirib ketişga bir odam mas'ul bölardi. Bu safar ham şunday böldi. Qöşin bir joyda tunadi. Odatda Payğambar alayhissalom safarga jönaşdan oldin ayollari örtasida qur'a taşlab, kimga tuşsa, öşa onamiz u zotga hamroh bölardilar. Bu safarda qur'a Oişa onamizga tuşgan edi. U paytlarda bugungi kundagidek tahoratxonalar bölmagan, şuning uçun ayollar uzoqroq joyga çiqişardi. Oişa onamiz özlariga hamroh ayollar bilan keçasi xaloga çiqib kelsalar, taqinçoqlari tuşib qolibdi. Qaytib borib, öşa taqinçoqni izlabdilar. Izlab-izlab, topa olmay, qaytib kelsalar, qöşin jönab ketibdi. U paytda ayollar tuyaning ustiga örnatilgan taxtiravon – havdajda yurişardi. Karvon töxtaganda havdajni yerga olib qöyişar, yölga otlanganda yana tuyaga ortişar edi. Oişa onamiznining jussalari kiçik bölgani uçun, havdajlarini kötargan sahobalar uning böşligini sezişmabdi. Içkarida ötiribdilar deb öylab, havdajni kötarib, tuyaga örnatib, jönab ketaverişibdi. Oişa onamiz yolğiz qolib ketibdilar va «Mening yöqligimni bilişsa, qaytib kelib izlab yurişmasin» deb, karvon töxtagan joyda qimirlamay ötirib, kutibdilar. Öşa paytda karvondan qolib ketgan narsalarni yiğiştirib yurişga mas'ul bölgan sahoba kelib, Oişa onamizni körib qolibdilar. «Subhanalloh» debdilar, nima bölganini darhol tuşunibdilar. Indamasdan, tuyani olib kelib, Oişa onamizning yonlariga çöktiribdilar. U kişini tuyaga mindirib, özlari yetaklab, karvonning ortidan Madinaga kirib bordilar.