Leica brendining birinçi fotokameralaridan biri Venadagi Westlicht auksionlaridan birida fotoapparatlar uçun rekord qiymatdagi 2,976 mln dollarga sotildi. Bu haqda auksion uy öz saytida ma'lum qildi.
“Bu rekord qiymat Leica brendi nufuzi muntazam oşib borayotganini namoyiş qiladi”, deb aytgan Leica Camera AG nemis kompaniyasi rahbari Andreas Kaufman. Ma'lum qilinişiça, fotoapparatni osiyolik noma'lum xususiy kolleksioner sotib olgan.
Leica Camera AG saytida ma'lum qilinişiça, bu kamera Leica brendi asosçisi Ernst Leytts tomonidan 1923 yilda – Leica’ ilk seriyali apparatlari işlab çiqarila boşlanişidan 2 yil avval yaratilgan. Öşanda yaratilgan 25 ta fotokameradan faqat uçtasi, jumladan auksionda sotilgani hamon işçi holatda. Kamera Oakly sport közoynaklari va ekipirovkasi brendi hamda raqamli kinokameralari işlab çiqaruvçi RED kompaniya asosçisi amerikalik Jyeyms Jannard kolleksiyasida saqlangan.
Auktsion uy ma'lumotlariga köra, bu kamera dunyoda sotilgan eng qimmat fotokamera böldi. Avvalgi rekordçi ham Leica’ga tegişli bölib, 2012 yilda Westlicht auksionida 2,66 mln dollarga sotib olingan.









