Ispaniyada «Tenerife» futbol klubining 30 yoşli hujumçisi Xesus de Migel «Andorra» klubiga qarşi öyin vaqtida, raqib darvozaboni Xesus Ovono bilan röy bergan töqnaşuvdan keyin vafot etdi.

Hodisa Ispaniya çempionatining ikkinçi divizioni doirasida «Eliodoro Rodriges Lopes» stadionida bölib ötgan uçraşuvda röy bergan. Ovono raqib hujumini töxtatiş uçun jarima maydonidan çiqib kelgan va maydon markaziga yaqin bölgan hududda tizzasi bilan de Migelning kökrak qismiga zarba bergan.

Hujumçi esa töqnaşuvdan özini olib qoça olmagan va huşini yöqotib, gazonga qulagan.

Ikki jamoa futbolçilari ham holat jiddiyligini darhol payqaşgan. Futbolçilar tibbiyot xodimlarini çaqirişni boşlagan, ulardan ayrimlari yiğlab yuborgan.

Şifokorlar maydonga yugurib çiqişgan va jabrlanuvçiga uzoq vaqt davomida yordam körsatişgan – uning yuragi töxtab qolgandi. Yakunda yurak faoliyati tiklangan va de Migel şifoxonaga olib ketilgan.

Öyin davom ettirilmagan.

«Tenerife» 2-noyabr kuni keçqurun voqea yuzasidan ilk bor xabar berdi. Unda futbolçining holati oğirligi, şu bilan birga, barqarorligi qayd etilgan. Ammo tunda vaziyat yomonlaşgan.

Mahalliy vaqt bilan 3-noyabr kuni ertalab soat 8 da esa futbolçi vafot etgani maʼlum qilindi.

Ispaniya futbol federatsiyasi 3-noyabrga belgilangan barça öyinlarni qoldirdi.