1991 yilda Vena şahridan bölgan talabalar guruhi Praga fotoapparatlar dökonidan arzon “LOMO Kompakt-Avtomat” fotoapparatini xarid qilişdi. Ular orasida raqamli texnologiyalar davrida analog kameralar va plyonkalarni sotadigan Lomography kompaniyasi asosçilari - Salli Bibevi va Mattias Figel ham bor edi.

“LOMO Kompakt-Avtomat” kamerasi öşa vaqtda maşhur emasdi. Esdalik uçun bir neça fotoapparatni olib, talabalar Venaga qaytişdi. Uyda Bibevi va Figel kameralar ğaroyib, ya'ni sifati past, yaroqsiz suratlar olişini sezib qolişdi. Kameraning yon tarafidan yoruğlik tuşgani uçun plyonkaning ba'zi qismlari özgaça köriniş kasb etar, ba'zida suratlarda ğalati, noodatiy tutun effekti paydo bölardi.

Foto: Lomography

Bibevi va Figelning sözlariga köra, ular bunday kamerani ayni vaqtda topib olişdi. Suratlarni “paydo qiliş” öşa paytda arzon edi va deyarli har bir odam bunday fotoapparatni sotib olişi mumkin edi. Biroq fotografiyada muayyan qoidalar mavjud bölgan: kadr kompozitsiyasini töğri qöyiş, ehtiyotkorlik bilan suratga oliş va suratni paydo qiliş vaqtida oqarib qolgan joylar va boşqa kamçiliklarga ega suratlarni taşlab yuboriş.

Bibevi va Figel bu qoidadan xalos bölişni istaşdi. Ular Lomografik jamiyat yaratişdi – nom öşa ğaroyib kamera şarafiga qöyildi. Jamiyat tomonidan muallifi körsatilmagan “yaroqsiz” suratlar iştirokidagi körgazmalar ötkazilardi. Bunday yondaşuvni Figel “demokratik” deb nomlardi. Yangi yönaliş yaratuvçilari odamlarning fotografiyaga nisbatan munosabatini özgartirib, u bilan nafaqat professionallar, balki barça şuğullanişi, özi bilan fotoapparat olib yuriş kerakligi va olgan suratlaridan mamnun bölişni isbotlamoqçi edilar. Lomografiya özini suratkaş sanaganlar uçun emas, kamerasi bor har qanday odam uçun möljallangandi.

– Öşa vaqtlarda odamlar yiliga fotoplyonkaning bir yarim kassetasini sarflaşardi – suratlarni faqat tuğilgan kun va Yangi yil keçasida  olişgan, - deya hikoya qiladi Bibevi. – Biz esa umuman boşqaça yöl tutişni taklif etdik: odamlarga fotoapparatni doim özlari bilan olib yurişlari va hamma joyda suratga tuşişni aytardik.

Qiziği fotografiya qoidalaridan xalos bölişni istagan jamiyatning ham öz qoidalari bor edi. Lomografiyaning “10 ta oltin qoidasi” mana bunday:

  1. Kamerani doim özing bilan olib yur.
  2. Undan doim – kunduz kuni ham, tunda ham foydalan.