Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda Made in Uzbekistan bo‘lib o‘tadi
«O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi joriy yilning 29 dan 31 martgacha Turkmanistonning Ashxabod shahrida joylashgan Savdo-sanoat palatasi binosida mahalliy va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning milliy sanoat ko‘rgazmasida faol ishtirok etishga taklif etadi. «O‘zekspomarkaz» MKK AJ ayni vaqtda ko‘rgazmani yuqori darajada o‘tkazish uchun tashkiliy tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.
Made in Uzbekistan milliy sanoat ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasining mahalliy va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalari qatnashadi.
Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad:
- mahalliy sanoat korxonalarida ishlab chiqariluvchi mahsulotlar taqdimoti, ilmiy-sanoat yo‘nalishidagi yutuqlari va innovatsion loyihalar uchun keng imkoniyatlarni ochib berish, hamda yutuqlarini namoyon qilish;
- ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlarga Respublikaning ilmiy ishlab chiqarish salohiyatlarini keng ko‘lamda tanishtirish;
- O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va innovatsion salohiyatini namoyon etish;
- innovatsion loyihalarning taqdimotlari uchun yaratilgan keng ko‘lamdagi imkoniyatlarni namoyoon qilish;
- O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosga boy yodgorliklari va turizm sohasiga oid taqdimotlar;
- Turkmaniston va xorijiy davlatlarning tadbirkorlari bilan o‘zaro shartnomalar tuzish.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasi ikki bo‘limdan iborat:
I-bo‘lim: 500 kv.m.dan iborat ochiq ko‘rgazma maydoni;
II-bo‘lim: 1500 kv.m.dan tashkil topgan yopiq ko‘rgazma maydoni.
Ko‘rgazmada 100 ortiq mahalliy korxonalar va firmalar ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
18:00 / 03.04.2026
O‘zbek limoni Londondagi ko‘rgazmada: mahalliy ishlab chiqaruvchilar global bozorga chiqmoqda
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026